Namangan, Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, ötkazilgan tezkor tadbirda Kosonsoy tumanida yaşovçi, 1971, 1975 va 1990 yillarda tuğilgan 3 fuqaro tomonidan tumanning “Örikzor”, “Gulobod” va “Mahdumi Aʼzam” MFY hududlarida taşkil etilgan 3 ta “yaşirin ombor” foş etilgan.
Natijada 723 turdagi jami 57422 dona xorijiy davlatlarda işlab çiqarilgan va sifat sertifikatiga ega bölmagan, şuningdek, ayrimlarining yaroqlilik muddati ötgan kontrafakt dori vositalari protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Qolaversa, Qarşi tumanida istiqomat qiluvçi, 1965 yilda tuğilgan şaxs özining yaşaş xonadonida tegişli litsenziyasiz dorixona taşkil qilib, 82 turdagi jami 1520 dona meʼyoriy hujjati bölmagan dori vositalarini sotib kelayotganligi aniqlangan.
Bu kabi qonunbuziliş holati Samarqand şahrida ham qayd etilgan. Mahalliy fuqaro ijaraga olgan omborxonalarda 225 turdagi jami 14322 dona isteʼmolga yaroqsiz dori vositalari sotiş maqsadida saqlab kelinayotgani xodimlar tomonidan foş etilgan.
Hozirda har uçala holatda olingan dori vositalariga nisbatan ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.









