Namanganda yaşirin ombordan 3,3 mlrd sömlik sifatsiz dori topildi

Namanganda yaşirin ombordan 3,3 mlrd sömlik sifatsiz dori topildi

Namangan şahrida yaşovçi fuqaro öz xonadonida yaşirin ombor taşkil etib, 3,3 mlrd sömdan ortiq qiymatdagi sifati kafolatlanmagan dori vositalarini saqlab kelayotgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, DXX Namangan viloyati böyiça boşqarmasi Bojxona, Içki işlar va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Yangi Namangan tumanidagi “Mingterak” mahallasida yaşovçi, 1996 yilda tuğilgan fuqaroning xonadonini közdan keçirgan.

Tekşiruv davomida xorijda işlab çiqarilgan 156 turdagi jami 23 432 dona kamyob dori vositasi topilgan. Ularning dastlabki qiymati 3,3 mlrd sömdan oşadi. Şuningdek, dorilar mamlakatga noqonuniy olib kirilgani aniqlangan.

Hozirda kontrafakt ekani gumon qilinayotgan dori vositalari protsessual tartibda olib qöyilgan va ularning xususiyatlarini aniqlaş uçun ekspertiza tayinlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv işlari davom etmoqda.


×