Isroilda jabrlanganlar orasida özbekistonliklar bormi?

Isroilda jabrlanganlar orasida özbekistonliklar bormi?

4 mart holatiga köra, Isroil hududiga amalga oşirilgan raketa hujumlari oqibatida jabr körgan Özbekiston fuqarolari haqida murojaatlar kelib tuşmagan. Bu haqda Özbekistonning Isroildagi elçixonasi xabar berdi.


Qayd etilişiça, elçixona tomonidan vaziyat diqqat bilan kuzatilmoqda va Isroilning tegişli davlat organlari vakillari bilan doimiy aloqa qilinmoqda.

Şoşilinç murojaatlar uçun quyidagi aloqa vositalari faoliyat yuritmoqda:

  • 03-672-2466; 
  • 03-672-2371;
  • 03-758-5075; 
  • 03-758-5076.

Favqulodda va şoşilinç xabarlar uçun: +972 54-4851397

Elektron poçta: il.uzembassy@mfa.uz

Elçixonaning rasmiy Telegram-guruhi

Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlaşganini inobatga olib, elçixona konsullik bölimiga jiddiy va zarur ehtiyoj bölmagan hollarda kelişdan tiyilib turiş qatʼiy tavsiya qilingan.

Şuningdek, elçixona Isroildagi özbekistonliklarni xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilişga, ehtiyotkorlikni oşirişga hamda raketa hujumlari paytida boşpanalarni tark etmaslikka çaqirgan.


×