Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Gonkongdagi turarjoy majmuasida sodir bölgan yonğin yuzasidan hamdardlik bildirdi, şuningdek, hodisa oqibatida özbekistonliklar jabrlanmagani haqida xabar berdi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov maʼlum qildi.
“Gonkongdagi turarjoy majmuasida yuz bergan fojiali yonğin oqibatida halok bölganlar haqida xabarni çuqur qayğu bilan qabul qildik. Marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik va çuqur taʼziyamizni bildiramiz. Jarohat olganlarga esa tez fursatlarda şifo tilaymiz”, deyiladi xabarda.
Bildirilişiça, Özbekistonning Xitoydagi diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasalari voqea yuzasidan mahalliy hokimiyat vakillari bilan darhol aloqa örnatgan. Hozirgi vaqtga qadar halok bölganlar va jabrlanganlar orasida Özbekiston fuqarolari yöq. Mazkur masala doimiy ravişda TIV nazoratida. Zarurat yuzaga kelganda yordamga muhtoj fuqarolar murojaat qilişlari mumkin.
Gonkong tarixidagi eng halokatli yonğin. Fojia haqida nimalar maʼlum? (fotoreportaj)
Özbekistonning Xitoydagi elçixonasi:
- Telefon: +86 185 1441 7274;
- Telefon: +86 (10) 65326305;
- Faks: +86 (10) 6532 6304;
- E-mail: ch.uzembassy@mfa.uz.
Özbekistonning Şanxaydagi Boş konsulligi:
- Telefon: +86 132 4800 8171.
Özbekistonning Guançjoudagi Boş konsulligi:
- Telefon: +86 132 4970 0996.










