Ğazo Ramazon oyini qanday qarşiladi?

Ğazo Ramazon oyini qanday qarşiladi?

Ğazo aholisi musulmonlar uçun muqaddas bölgan Ramazon oyini vayronalar orasida qarşi olmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.


Falastinliklar vayron bölgan masjidlar qoldiqlari yoniga ibodat qiliş uçun kelmoqda yoki brezent va yoğoç konstruktsiyalardan qurilgan vaqtinçalik joylarda namoz öqimoqda.

Vayron qilingan Al-Hassayna masjidining gumbazi toş va siniq beton bölaklari orasida yotibdi. Ilgari musulmonlar töplanadigan hovli bugun oilalar tunab, ovqat tayyorlaydigan joyga aylangan. Saqlanib qolgan devor parçalariga kiyim quritiş uçun arqonlar tortilgan.

HAMAS nazoratidagi Ğazo hukumati matbuot xizmati maʼlumotiga köra, 835 ta masjid töliq vayron qilingan, yana 180 tasi jiddiy zarar körgan. Şuningdek, çerkovlarga ham bir neça bor zarba berilgani va mintaqadagi 60 qabristondan 40 tasi buzilgani bildirilgan.

Köplab aholi uçun bu yöqotişlar nafaqat moddiy, balki çuqur maʼnaviy ahamiyatga ega.

Keng kölamli vayronagarçilik va quriliş materiallari yetişmovçiligiga qaramay, odamlar masjidlarning heç bölmaganda bir qismini tiklaşga harakat qilmoqda. Ular buzilgan issiqxonalardan qolgan plastik plyonkalar va yoğoçlardan foydalanib, vaqtinçalik ibodat joylari barpo etmoqda.

Umuman olganda, Ğazo ketma-ket uçinçi Ramazon oyini mana şunday harobalar orasida qarşilamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda musulmonlar saharlikni suv va qotgan non bilan boşlayotganini köriş mumkin. Oçarçilik mintaqada hanuz izğib yuribdi.

Maʼlumot uçun, Isroil 2023 yil 7 oktyabr kuni HAMAS boşçiligida amalga oşirilgan çegaralararo hujumdan söng Ğazoda havo va quruqlik harbiy operatsiyasini boşlagan edi.

OAV maʼlumotlariga köra, mojaro boşlanganidan buyon halok bölganlar soni 71 667 kişini taşkil etgan. Ular orasida 2025 yil oktyabr oyidagi öt oçişni töxtatiş kelişuvidan keyin halok bölgan 450 dan ortiq kişi ham bor.


Teglar:
×