Raqobat qömitasi Ramazonda narxlarni oşirmaslikka çaqirdi

Raqobat qömitasi Ramazonda narxlarni oşirmaslikka çaqirdi

Ramazon oyi arafasida keskin talab oşadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligi taʼminlanadi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.


Qayd etilişiça, uşbu çoralar davlat rahbarining Ramazon kunlarida içki bozorda narx-navo barqarorligini taʼminlaş böyiça bergan topşiriği ijrosi doirasida amalga oşirilgan.

Unga köra, yirik savdo tarmoqlari va respublika hududlaridagi savdo komplekslari Ramazon oyi arafasida keskin talab oşadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlaydi. Çakana savdo tarmoqlari va hududlardagi savdo komplekslariga yetkazib beruvçi korxonalar tomonidan narxlarni özgartirişi, logistika xarajatlari va boşqa narxning oşişiga olib kelişi mumkin bölgan omillar töğrisida qömitani tezkor xabardor qilib boriş, hamda yetkazib beruvçilarni asossiz narxlarni oşirişga yöl qöymaslik yuzasidan ogohlantirib borişlari böyiça körsatmalar yuborilgan. 

Qömita xalq uçun muhim bölgan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlaş borasida öz vakolatlari doirasida zaruriy barça çoralarni körib borişini maʼlum qilgan.


×