Antimonopoliya qömitasi xodimlari yoppasiga iş taşlamoqda

Antimonopoliya qömitasi xodimlari yoppasiga iş taşlamoqda

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining rasmiy saytidagi boşqarma boşliqlari maʼlumotlari joylaşgan sahifasi yangilangaç, köplab kadrlar örni böşab qolganini köriş mumkin.

Sayt sahifasidagi maʼlumotga işoniladigan bölsa, hozirça 5 ta boşqarma va 4 ta bölim boşliqlari örni vakant bölib turibdi. Şuningdek, qömita matbuot xizmati ham öz jamoasi bilan işdan ketgani aytiladi.

Matbuot xizmati rahbari Manzura Hasanova özining Telegram kanalida rolik joylab, u qömitadagi oxirgi işi ekanini aytgan. Qömitaning Telegram kanalidagi oxirgi post esa ikki kun oldin kiritilgan.

Hozirça uşbu holatga birorta rasmiy izoh berilganiça yöq.

×