Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi keng islohotlarni boşdan keçirmoqda. Ayni vaqtda mamlakatda tizimni isloh qiliş masalasi jamiyatda qizğin muhokama qilinmoqda. Qanday islohotlar kutilmoqda? Maxsus xizmat, baʼzilar aytganidek, faqat razvedka va kontrrazvedka bilan şuğullanib, özining klassik modeliga qaytadimi? Bu kabi savollarga mamlakat Prezidenti Sadir Japarov “Kabar” agentligiga bergan intervyusida söz oçdi.
“Milliy xavfsizlik davlat qömitasi öziga yuklatilgan vazifani töliq bajardi. Qolaversa, ayrim yönalişlar böyiça uni ortiği bilan bajardi, deyiş mumkin. Holbuki, davlat tirik organizm, u doimo rivojlanib, özgarib turişi kerak. Keça milliy xavfsizlik oldida bir xil muammolar turgan bölsa, bugun butunlay boşqaça muammolar turibdi.
Uşbu voqeliklarni hisobga olgan holda, Milliy xavfsizlik davlat qömitasida zamonaviy tahdidlar va global özgarişlarga javob beradigan sifatli islohot amalga oşiriladi. Dunyo özgarmoqda va şunga mos ravişda bizning davlat institutlarimiz ham oldinga siljişi va yangilanişi kerak”, deydi Prezident.
Şuningdek, davlat rahbari sözida davom etarkan, mamlakatda korruptsiya va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş jarayonida maxsus xizmatning ayrim vakillari şaxsiy manfaatlarini közlab, Taşiyev nomi bilan niqoblanib, noqonuniy xatti-harakatlar sodir etgani masalasiga ham töxtalgan.
“Bizda noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etayotganlarni, kim bölişidan qatʼi nazar, “pardozlaş”degan tuşunça yöq. Davlat xalqqa xizmat qilişda qonunni hamma narsadan ustun qöyadi. Bu tamoyil yaqin qarindoşlarimiz va yaqin kişilarimiz haqida gap ketganda ham qöllanilgan”, deydi Japarov.
Prezidentga köra, qonun har doim amalda bölgan va bundan keyin ham amalda böladi. Heç bir davlat xizmatçisiga qonunni buzişga yoki şaxsiy manfaatlarini közlab biron-bir xatti-harakat sodir etişga yöl qöyilmaydi.
“Agar maxsus xizmat yoki boşqa davlat organlarining ayrim vakillari qonun doirasidan va vakolat doirasidan çetga çiqqan holatlar aniqlansa, ular albatta tekşiriladi va javobgarlikka tortiladi. Qonun oldida barçamiz tengmiz”, deydi u.
Taşiyev isteʼfosi
Joriy yilning 10 fevral kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi – Boş vazir örinbosari Qamçibek Taşiyev Prezident Sadir Japarovning farmoni bilan lavozimidan ozod etildi. U öz qarorini “jamiyatda bölinişga yöl qöymaslik” istagi bilan izohladi. Qamçibek Taşiyevning özi bu haqda Germaniyada yurak operatsiyasidan söng rejali tekşiruvda bölganida xabar topganini maʼlum qildi.
Taşiyev ortidan uning birinçi örinbosari Qurbonbek Avazov, kiberxavfsizlik markazi direktori Daniel Risaliyev va Antiterror markazi direktori Elizar Smanov işdan olindi. Abdukarim Alimboyev Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilib, Davlat çegara xizmati raisi etib tayinlandi. Uning örnini Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimida işlab kelayotgan Rustam Mamasadiqov egalladi.
2020 yildan buyon Milliy xavfsizlik davlat qömitasining 9-xizmati boşliği va rais örinbosari lavozimida işlab kelgan Jumgalbek Şabdanbekov Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi.
Şuningdek, şu kunning özida Çegara xizmati davlat qömitasi tarkibidan çiqarildi.
Japarov va Taşiyev tandemi
Maʼlumot uçun, Qamçibek Taşiyev 2020 yil 16 oktyabr kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi etib tayinlangan edi. Farmonni 2020 yil 5–6 oktyabr voqealaridan söng prezident vazifasini bajaruvçi sifatida Sadir Japarov imzolagan.
Qamçibek Taşiyev va amaldagi Prezident Sadir Japarov örtasidagi köp yillik munosabatlar mamlakatdagi eng barqaror va taʼsirli siyosiy ittifoqlardan biri sifatida baholanib kelgan. Ularning hamkorligi hokimiyat tepasiga kelişidan ança oldin boşlangan: 2010 yillar boşida ular bir neça bor siyosiy jarayonlarda bir tomonda bölgan, 2012 yildagi umumiy jinoiy epizodni ham birga boşdan keçirgan, bu esa ularning şaxsiy yaqinligini yanada mustahkamlagan.
2020 yil oktyabr voqealaridan söng tandem yakuniy şaklga keldi: Sadir Japarov Prezident lavozimini egalladi, Qamçibek Taşiyev esa MXQ rahbari etib tayinlanib, kuç blokining asosiy tayançiga aylandi. Aynan u eng şov-şuvli işlarni nazorat qilgan, kuç siyosatini şakllantirgan va amalda Prezident jamoasining eng yaqin işonçli şaxslaridan biri bölib kelgan.
Ekspertlar orasida ularning ittifoqi köpinça mamlakatdagi eng mustahkam siyosiy duet deb atalardi, Qamçibek Taşiyev atrofidagi har qanday kadr özgarişlari esa hokimiyat konfiguratsiyasidagi jiddiy özgarişlar belgisi sifatida qabul qilinar edi.
Sönggi paytlarda siyosiy doiralarda maxsus xizmat rahbarining bölajak Prezident saylovlarida iştirok etişi mumkinligi haqida miş-mişlar tarqalgan edi. Qamçibek Taşiyev esa bir neça bor prezidentlik poygasida qatnaşmoqçi emasligini va Sadir Japarovni qöllab-quvvatlaşini maʼlum qilgan.









