Eronga Rossiya yaşirinça pul jönatgani aytilmoqda – OAV

Eronga Rossiya yaşirinça pul jönatgani aytilmoqda – OAV

Rossiya Eron rejimini qöllab-quvvatlaş maqsadida Tehronga yaşirin ravişda milliardlab dollar miqdoridagi naqd pullarni yuborgan. Banknotlar poyezdlar va kema orqali taşilgan. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.

Naşr maʼlumotlariga köra, Rossiyaning davlatga qaraşli banki tört oy davomida umumiy qiymati qariyb 2,5 milliard dollar bölgan naqd pul yetkazib berişni amalga oşirgan.

Tramp prezidentlikdagi ilk muddati davomida Tehronga qarşi yangi sanktsiyalar joriy etganidan söng deyarli beş tonna banknot 34 ta partiya körinişida jönatilgan.

Qölga kiritilgan hujjatlarga köra, har bir partiyaning qiymati 57 milliondan 115 million dollargaça bölgan va ular Moskvadan Tehrondagi Eron Markaziy bankiga yuborilgan.

Şu tariqa Moskva va Tehron sanktsiyalar hamda anʼanaviy moliyaviy kanallarni çetlab ötgan. Bu esa ikki davlat örtasidagi hamkorlik ilgari taxmin qilingandan ança çuqurroq ekanini körsatadi.

Birinçi jönatma 2018 yil 13 avgustda, yaʼni AQŞ sanktsiyalari töğrisidagi farmon imzolanganidan bir hafta ötib amalga oşirilgan. U 57,3 million dollar qiymatidagi 110 kilogramm naqd puldan iborat bölgan.

Naşr maʼlumotiga köra, yuk temir yöl orqali Astraxonga yetkazilgan, söng Kaspiy dengizi orqali Eronning Amirabad portiga olib borilgan va u yerdan yana temir yöl orqali Tehronga yuborilgan bölişi mumkin.

“ImportGenius” xizmati taqdim etgan savdo yozuvlari tonnalab naqd pullar töğridan töğri Islom Respublikasi Markaziy bankiga yetkazilganini tasdiqlaydi. Har ikki moliyaviy muassasadan bu borada izoh söralgan.

Öşa paytda Eron Markaziy bankiga Abdolnosir Hemmati rahbarlik qilgan bölib, u sanktsiyalar kuçaytirilgan davrda uşbu muassasani boşqargan.

AQŞning Eron böyiça maxsus vakili sobiq örinbosari Riçard Nefyuning sözlariga köra, bunday pul ötkazmalari Eron iqtisodiyotini barqarorlaştirişga qaratilgan bölişi mumkin.


Teglar:
×