Fudbol yulduzi Ronaldu Saudiya Arabistonini tark etdi – OAV

Fudbol yulduzi Ronaldu Saudiya Arabistonini tark etdi – OAV

Portugaliya terma jamoasi yetakçisi Kriştianu Ronaldu klub rahbariyati bilan mojaro tufayli “Al-Nasr”ning öyinlari va maşğulotlarida qatnaşmayapti va Saudiya Arabistonini tark etdi. Bu haqda “Speedline” xabar berdi.


Manbaga köra, Ronaldu norozilik sabab nafaqat maşğulotlarda qatnaşmagan, balki Saudiya Arabistonini tark etib, Portugaliyaga yöl olgan.

Jurnalist Abdulaziz Al-Osseimining bildirişiça, hujumçi “Ar Riyod” bilan öyin oldi va öyindan keyingi maşğulotlarda qatnaşmagan. Şu munosabat bilan Ronaldu joriy yilning iyun oyidayoq “Al-Nasr”dan ketişi mumkinligi haqidagi xabarlar paydo böldi.

Körib çiqilayotgan variantlar qatoriga Yevropaga qaytiş yoki MLS klublariga ötiş kiradi. Maʼlumotlarga köra, futbolçining tovon puli 50 million yevroni taşkil qiladi.


Teglar:
×