Axborot asrida suvosti kabellar raqamli aloqaning asosiy poydevoriga aylandi – xalqaro internet-trafikning taxminan 99 foizi aynan şu kabellar orqali uzatiladi. Bu haqda BMT Yangiliklar xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, dunyoning turli qismlarini aloqa kabellari orqali boğlaş işlari ança ilgari boşlangan. Xususan, 1850 yilda Britaniya va Frantsiya suvosti telegraf kabeli orqali boğlangan ilk davlatlar bölgan.
Şundan söng texnologiyalar izçil rivojlanib bordi: telegraf xizmatlari telefon tarmoqlari bilan almaşdi, keyinçalik esa tolali-optik kabellar orqali yuqori tezlikdagi internet paydo böldi. Bugungi kunda dengiz va okeanlar tubidan ötkazilgan uşbu liniyalar orqali har soniyada yuzlab terabit maʼlumot uzatilmoqda.
Hozirda butun dunyo böylab qitʼalarni boğlab turuvçi 500 dan ortiq tijoriy suvosti kabellari mavjud. Qalinligi taxminan boğ şlangiday keladigan bu kabellar umumiy hisobda 1,7 million kilometrga çözilgan bölib, bu Yer şarini bir neça marta aylanib çiqiş uçun yetarlidir.
Xabarda aytilişiça, kabellarni yotqizişdan oldin dengiz tubi xavf-xatarlari eng kam bölgan va atrof-muhitga taʼsiri minimal bölgan yönalişlarni tanlaş maqsadida sinçiklab örganiladi. Keyin esa maxsus kemalar ulkan ğaltaklarga öralgan tolali-optik kabellarni yeçib, uni dengiz tubiga joylaştiradi.
“Suvosti kabellar jahon iqtisodiyotining asosiy tayançiga aylanib borayotgan bir paytda, maʼlumot uzatişdagi har qanday uziliş darhol öz taʼsirini körsatadi. Bu iqtisodiy faoliyatga, favqulodda va texnologik xizmatlarga, xavfsizlik tizimlariga hamda butun dunyo böylab milliardlab insonlarning internetga kiriş imkoniyatiga taʼsir qiladi”, deyiladi xabarda.
Har yili suvosti kabellari bilan boğliq 150-200 ta hodisa qayd etiladi, bu örtaça haftasiga 3-4 tani taşkil qiladi. Kabellar işidagi nosozliklar zilzilalar, suvosti köçkilari va vulqon otilişlari oqibatida yuzaga kelişi mumkin. Biroq statistikaga köra, hodisalarning taxminan 80 foizi inson omilli sababli röy beradi – asosan kemalar, xususan, yakorlar kabellarga zarar yetkazadi.









