Frantsiya Içki işlar vaziri Jerald Darmanen “Oltin töp” egasi Karim Benzemaning terror taşkiloti bilan aloqasi borligini aytdi.
“Janob Karim Benzemaning “Musulmon birodarlar” taşkiloti bilan aloqalari bor”, deydi Darmanen.
Yaqinda Instagram'dagi postida Karim Benzema Ğazo sektoridagi barça portlaşlarni töxtatişni qöllab-quvvatlab, bolalar va ayollarni har qanday zarardan himoya qilişni talab qilgandi.
“Bizning barça duolarimiz ayollar va bolalarni keçirmaydigan, adolatsiz portlaşlar qurboni bölgan barça Ğazo aholisi uçun”, deb yozgan edi Benzema.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ğazodagi şifoxonaga bomba taşlangani xabar qilingandi. Falastin rahbariyati Ğazo sektorida yuzlab odamlarning hayotiga zomin bölgan şifoxonaga uyuştirilgan hujum yuzasidan favqulodda yiğiliş ötkazdi.









