Ukrainaga qarşi olib borilayotgan keng kölamli uruşda Rossiya armiyasining tasdiqlangan yöqotişlari 160 ming kişidan oşdi. Bu haqda “Mediazona” xabar berdi.
Bugun, 16 yanvar holatiga köra, “Mediazona” oçiq manbalari asosida bosqin boşlanganidan buyon halok bölgan 163 606 nafar rossiyalik harbiyning ismini aniqlagan. Biroq bu röyxat töliq emas, çunki halok bölgan harbiylarning barçasi haqidagi maʼlumotlar ommaga oşkor bölavermaydi.
Xalqaro taşkilotlar va razvedka tuzilmalarining Rossiyaning umumiy yöqotişlari (öldirilganlar va yaralanganlar) böyiça baholari ança yuqori. 2025 yil dekabrida NATOdagi yuqori lavozimli mansabdor şaxs Rossiya armiyasidagi öldirilgan va yaralanganlar soni 1,15 million kişiga yaqinlaşişi mumkinligini aytgan. Uning sözlariga köra, noyabr oyida Rossiyaning örtaça sutkalik yöqotişlari taxminan 1100 kişini taşkil etgan.
Joriy yil 13 yanvar kuni NATO Boş kotibi Mark Ryutte Rossiya Ukrainada oyiga 20-25 ming nafar harbiyni yöqotayotganini, yaʼni öldirilayotganini maʼlum qilgan. U bu körsatkiç 10 yil davom etgan Afğoniston uruşida halok bölgan qariyb 20 ming nafar sovet askarining umumiy sonidan ham oşib ketişini qayd etgan. Ryuttening sözlaridan kelib çiqib, faqat 2025 yilning özida Rossiyaning öldirilgan harbiylari soni 300 ming kişigaça yetgan bölişi mumkin.
2025 yil iyun oyida Britaniya razvedkasi Rossiyaning umumiy yöqotişlarini taxminan bir million kişi deb baholagan. Ötgan yil avgust oyida AQŞ Prezidenti Donald Tramp 2025 yil boşidan buyon Rossiya 112 mingdan ortiq askarini yöqotganini aytgan. “The Economist” jurnali dekabr oyidagi tahlilida uruş davomida Rossiyaning jami yöqotişlari 900 mingdan 1,35 million kişigaça yetgan, bu esa uruşgaça bölgan erkak aholining qariyb 1 foiziga teng degan xulosaga kelgan.









