Yuridik şaxslar töğrisidagi oçiq maʼlumotlar portalida keltirilişiça, «Yagona umumrespublika protsessing markazi» MÇJ («UzCard») Boş direktori lavozimiga Farrux Ğolibşeroviç Ziyayev tayinlangan. U şu kungaça jamiyat direktorining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan. Bu haqda bankers.uz kanali xabar berdi.
Qayd etilişiça, F.Ziyayev köpçilik uçun taniş bölgan «Payme» tölov tizimi asosçilaridan biri hisoblanib, şuningdek mazkur tölov tizimi qaraşli bölgan kompaniya — «Inspired» MÇJning 7,5 foizlik uluşiga ham egalik qiladi.
«UzCard»ning joriy yil avgust oyi yakunida tayinlangan direktori D.Ikramovning qaysi işga ötganligi, xususan jamiyat rahbariyati tarkibida qolgan yoki qolmaganligi töğrisida maʼlumot berilmagan.









