Özbekiston armiyasi xalq himoyasiga doimo tayyor turişi kerak. Şu sababli, Özbekistonning Mudofaa doktrinasi va Milliy xavfsizlik kontseptsiyasi özgartiriladi. Bundan taşqari, oddiy askar va serjantlarning oylik maoşi oşiriladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti – mamlakat Qurolli kuçlari Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyev 13 yanvar kuni bölib ötgan Xavfsizlik kengaşining mamlakat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlaş masalalari böyiça kengaytirilgan yiğilişda söz oçdi.
Yiğilişda zamonaviy xavf va tahdidlarning mazmuni ham, kölami ham kundan-kunga özgarib borayotgani, mudofaa va xavfsizlik sohasi oldiga katta vazifalar qöyilayotganini inobatga olib, davlat rahbari sakkiz yil oldin qabul qilingan Mudofaa doktrinasi hamda 1997 yilda qabul qilingan Milliy xavfsizlik kontseptsiyasini qayta körib çiqiş vaqti kelganini körsatib ötdi.
“Bir narsani tuşunib oliş zarur. Zamonaviy uruş tabiati tubdan özgardi. Endi qaysi davlat faqat tank, samolyot yoki askarlar soniga tayanib ğalaba qozonaman desa, qattiq adaşadi. Hozirgi janglar sunʼiy intellekt, raqamli boşqaruv, uzoq masofaga yuqori aniqlikda zarba beruvçi vositalar, kiber va robot texnologiyalar, siyosiy-iqtisodiy bosim asosida olib borilmoqda”, deydi davlat rahbari.
Prezident tinçlik va xotirjamlik eng qimmat boylikka aylanayotganini bir daqiqa ham unutmaslik lozimligini taʼkidladi. Bu boylikni asrab-avaylaş uçun esa har bir soha va tarmoq xavf-xatarlarga oldindan javob qaytariş böyiça “proaktiv iş rejimi”ga ötişi şartligi körsatib ötildi.
Oliy Boş Qömondon kelgusi istiqbolga möljallangan eng muhim vazifalarni belgilab berdi. Harbiy kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştirişga ustuvor eʼtibor qaratiladi.
“Şuni unutmaslik kerakki, harbiy taʼlim va kadrlar tayyorlaş tizimini modernizatsiya qiliş armiyaning yangi qiyofasini şakllantirişning asosiy şartidir”, deydi Prezident.
Yangi Mudofaa doktrinasi mamlakatni heç qaysi harbiy blokka qöşilmaslik maqomini saqlab qoladi. Köp tomonlama diplomatiyaga tayanişda davom etadi. Şuningdek, yuqori texnologiyalarga asoslangan strategiya, harbiy mustaqillik va mintaqaviy barqarorlik yönalişida rivojlanişini taʼminlaşi lozimligi aytilgan.
“Mintaqaviy va global vaziyatni doimiy tahlil qilib boriş, milliy armiyamizning salohiyatini mustahkamlaş – bugungi kun talabi. Özbekiston armiyasi xalq himoyasiga doimo tayyor turişi, buning uçun tezkor, yuqori texnologiyali, yangi jang şaroitlariga mos bölişi kerak”, deydi Prezident.
Şu sababli, qöşinlarni sunʼiy intellekt asosida robotlaşgan majmualar va uçuvçisiz tizimlar, yengil harbiy texnika, zamonaviy qurol-aslaha, razvedka vositalari bilan jihozlaşga alohida eʼtibor qaratiş kerakligi körsatib ötildi.
Prezident mudofaa sanoatini yanada rivojlantiriş, soha korxonalarida raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni joriy etiş ustuvor vazifalardan biri bölişi kerakligini qayd etildi.
Şuningdek, muddatli harbiy xizmatni ötayotganlarga harbiy qismning oliy taʼlim muassasasiga kiriş uçun imtihon topşiriş imkoniyati beriladi.
Prezidentning sözlariga köra, muddatli harbiy xizmat – faqat jismoniy va harbiy tayyorgarlik emas, balki yoşlar jamiyatda mustahkam örnini topişi uçun ularni mehnat bozoriga va mustaqil kasbga tayyorlaş bosqiçi sifatida taşkil etilişi zarur.
Endilikda armiyada yoşlar kamida bitta kasb egasi bölib çiqişi böyiça mutlaqo yangi tizim yaratiladi. Harbiy qismlardagi asosiy yönaliş va mutaxassisliklardan kelib çiqib, askarlarni kasbga tayyorlaş böyiça 3-6 oylik dasturlar işlab çiqiladi. Dasturni yakunlagan askarlar malaka imtihonidan ötkazilib, ularga kasb sertifikati beriladi.
Har yili 5 ming askar saralab olinib, “Bir million dasturçi” va “Beş million sunʼiy intellekt yetakçisi” dasturlari doirasida öqitiladi.
Askarlarga muddatli harbiy xizmatni ötaş davrida harbiy qismning özida oliygohga öqişga kiriş uçun imtihon topşiriş imkoniyati yaratiladi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötib, talabalikka qabul qilingan askarlar muddatli harbiy xizmat yakunlanişi bilan oliygohda öqişini boşlaydi.
Şu bilan birga, armiyadan qaytib, oliy öquv yurtlarida tahsil olmoqçi bölgan yoşlarga xorijiy til va fan sertifikati oliş xarajatlari qoplab beriladi. Agar ular oliygohlarga kontraktga kirsa, foizsiz taʼlim krediti ajratiladi.
Bundan taşqari, armiyadan qaytgan yoşlar bandligini taʼminlaş böyiça ham alohida imtiyozlar beriladi. Jumladan, tadbirkorlik bilan şuğullaniş istagidagi yoşlarning kredit xarajatini 6 foizi davlat tomonidan qoplanadi, davlat taşkilotlariga işga kirmoqçi bölgan yoşlar uçun Boşqaruv samaradorligi agentligi tomonidan ötkaziladigan test ballariga 10 foizlik imtiyoz beriş amaliyoti joriy qilinadi. Xususiy sektorda faoliyat yuritmoqçi bölgan yoşlarga kasbni egallaş va sertifikat oliş xarajatlari tölab beriladi.
“Bir söz bilan aytganda, “muddatli harbiy xizmatni ötaş – yoşlar uçun muvaffaqiyat yöli”ga aylanişi kerak”, deydi Prezident.
Bundan taşqari, Özbekistonda 1 apreldan boşlab Mudofaa vazirligi ofitserlariga köp yillik xizmati uçun ustama miqdori 2 karra oşiriladi. Şuningdek, kontrakt asosida xizmat qilayotgan oddiy askar va serjantlarning oylik maoşi 10 foizga köpaytiriladi.
“Harbiy xizmatçilar mehnatini qadrlaş, ularning oila aʼzolari va harbiy pensionerlarni ijtimoiy himoya qiliş doimo diqqat-eʼtiborimiz markazida bölişi zarur”, deydi Prezident va bu borada katta yangiliklarni eʼlon qildi.
Hududiy mudofaa işlari boşqarmasi va bölimlarining harbiy bölmagan xizmatçilarini oyligi bu yil 20 foizga, kelasi yili yana 50 foizga oşiriladi.
Qurolli Kuçlar safida 30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar uçun pensiya hisoblaşda inobatga olinadigan oylik miqdori 75 foizdan 100 foizga yetkaziladi.
Şu bilan birga, harbiy xizmatçilar uçun uy-joy qurilişi kengaytiriladi. Masʼullarga harbiy xizmatçilarning pensiya taʼminotini belgilaydigan qonun loyihasini işlab çiqib, parlamentga kiritiş topşirildi.









