Özbekistonda import avtomobillariga qöyilgan bojxona bojlari 0 (nol) foiz bölişi kerak. Raqobat bölişi lozim. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 14 fevral kuni maşinasozlik sanoatida amalga oşirilayotgan işlar va 2022 yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bağişlangan yiğilişda taʼkidladi. Yiğiliş tafsilotlari "Menimça" körsatuvida taqdim etildi.
Şavkat Mirziyoyevga köra, avtomobil xaridi xalqni qiynayotgan dolzarb muammodir.
"Odamlarning noroziligini bilib turib bilmaslikka olsak, bu ham xiyonat böladi", deydi Prezident.
Bugungi kunda xaridor bitta avtomobil xarid qilişi uçun tölovning 85 foizini tölagandan söng ham bir neça oy navbati kelişini kutişiga töğri kelmoqda. Prezident eng avvalo, şu muammoni uzil-kesil 1 mayga qadar hal qiliş şart ekanini bildirdi.
“Baribir sekin-sekin bu bojxona tölovlari 0 foiz bölişi kerak. Raqobat bölişi kerak: arzon va sifatli. Bir oddiy şifokor, oddiy mehnatkaş, oddiy fuqaromiz qança mehnat, maşaqqat qilib yiğgan pulini bir yilga "avtoprom"ga aylanişi uçun berib qöyişi adolatdan emas”, degan davlat rahbari.









