18+ Namanganda ikki sevişgan bir-birini piçoqladi. Qiz vafot etdi

18+ Namanganda ikki sevişgan bir-birini piçoqladi. Qiz vafot etdi

Namanganda sevişgan yoşlar ota-onasini qörqitib qöyiş maqsadida öz joniga qasd qildilar. Natijada 20 yaşar qiz vafot etdi.

Gap şundaki, Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, “Uzunqişloq” MFY da yaşovçi 1999 yilda tuğilgan fuqaro I.M. va Kosonsoy tumani, “Boğ” MFY da yaşovçi 2000 yilda tuğilgan fuqaro (ayol) K.M. bir neça yildan buyon bir-birlariga köngil qöyganlar. Ular ota-onalarining turmuş qurişlariga qarşilik qilganidan norozi bölib, ularni qörqitib qöyiş maqsadida , öz jonlariga qasd qiliş maqsadida, dala maydoniga borganlar. Özlari bilan olib kelgan oş piçoq bilan dastlab K.M. yaxşi körgan yigiti I.M.ning qorin qismiga bir marotaba urgan. Keyin piçoqni I.M.ga berib, qorniga urişni söragan va I.M. piçoq bilan K.M. ning qorin qismiga bir marotaba urgan. Aynan şu vaqtda qiz huşidan ketib, yiqilib tuşgan va oqibatda piçoq qizning qorin qismiga çuqur kirib ketgan. 

K.M. olgan tan-jarohati natijasida tuman tibbiyot birlaşmasida vafot etgan. I.M. esa şifoxonaga yotqizilgan. 

Uşbu holat böyiça tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki suriştiruvlarga köra, I.M. va K.M. lar 5 yil davomida özaro sevişib yurganligiga qaramasdan, uni boşqa yigitiga unaştirib qöygan.  Joriy yilning 14 sentyabr kuni I.M.ning sovçilariga qizning otasi rad javobini bergan. 

Şundan söng, 15 sentyabr kuni soat 09:00 larda I.M. va K.M. özaro telefon orqali kelişib, Kosonsoy tuman markazidagi istirohat boği oldida körişgan. Ular Kosonsoy tuman markazida joylaşgan dehqon bozoridan  oş piçoğini sotib olgan. Kosonsoy tumani, Takarang MFY, Fitrat köçasida joylaşgan “Namuna şirin” fermer xöjaligi dala maydoniga borib, ota-onalarini turmuş qurişlariga rozi qiliş uçun öz jonlariga qasd qilişmoqçi bölişgan. 

×