Avvalroq, Xitoyda bir kişi hantavirus sabab vafot etgani haqida xabar bergan edik. Uşbu virusning qay tarzda yuqişi va tarqalişi haqida Rossiya Fanlar akademiyasining aʼzosi Sergey Netesov batafsil sözlab berdi.
Uning sözlariga köra, hantavirus odamdan odamga faqat qon orqali yuqişi mumkin. Kasallik yötaliş va aksiriş orqali yuqmaydi. Netesovning maʼlum qilişiça, bunday infektsiyalar "yaxşi örganilgan va ölim hollari juda kam". Olimning aytişiça, uşbu kasallikning alomatlari öta qörqinçli emas.
Uning taʼkidlaşiça, hantavirus Xitoyda, Koreyada, Yevropa mamlakatlarida va Rossiyada uçraydi. Statistikaga köra, Rossiyada yiliga 4-5 mingga yaqin odam uşbu kasallikka çalinadi. Rossiya Federatsiyasi hududida infektsiya köpinça Boşqirdistonda uçraydi. 1997 yilda uşbu mintaqada rekord darajada – 20 000 ta infektsiya holati qayd etilgan.
“Odamga bu virus piçan öriş paytida, örmon kemiruvçilar köp bölgan joyda yoki qişloqdagi kuzgi yiğim-terim paytida yuqadi. Kasallik tarqatuvçi kemiruvçilar virusni tanalaridan najas va peşob orqali çiqaradi. Virus turli ösimlik va ötlarda ança paytgaça yaşaydi", deya tuşuntirdi mutaxassis.
Uning taʼkidlaşiça, bu yangi virus emas. Olimlar uşbu kasallikni uzoq vaqt davomida örganişgan. Uni davolaş uçun bir soat içida natijani körsatadigan tezkor testlar va vaktsinalar işlab çiqilgan.









