Jiddadan Toşkentga uçgan 9S-3306 reysi bortda yuzaga kelgan şoşilinç tibbiy holat sababli Bahrayn aeroportiga majburiy qönişni amalga oşirdi. Bu haqda “Air Samarkand” xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, parvoz vaqtida yoşi katta ayol yölovçining yuragi töxtab qolgan. Ekipajning havo kemasi komandiri va ikkinçi uçuvçi tibbiy yordam körsatiş uçun eng yaqin aeroportga favqulodda qönişni amalga oşirgan. Samolyotga şifokorlar brigadasi çaqirilgan.
“Bortkuzatuvçilar ekipaji qönişgaça yölovçiga imkon qadar barça yordamni körsatdi. Şundan söng, yerda mahalliy şifokorlar reanimatsion tadbirlarni ötkazdi. Yölovçining ahvolini barqarorlaştirişga erişildi, şundan keyin tibbiyot xodimlari uni davolaniş uçun mahalliy klinikaga olib ketdi”, deyiladi xabarda.
Qöşimça qilinişiça, reys yonilği quyib olgandan söng parvozni Toşkentga taxminan 2 soat keçikiş bilan davom ettirgan va mahalliy vaqt bilan bugun, 15 dekabr kuni soat 9:49 da qöngan.









