Çiqindidan qarzdor 205 mingga yaqin abonent elektrdan uzib qöyildi

Çiqindidan qarzdor 205 mingga yaqin abonent elektrdan uzib qöyildi

2025 yil 6 dekabr holatiga köra, Özbekiston böyiça çiqindi xizmatidan qarzdorligini qoplanmagan 204 895 ta abonentning elektr energiyasi uçun tölov qiliş imkoniyatiga vaqtinça çeklov joriy etildi. Bu haqda “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, bungaça respublikada çiqindi xizmatlaridan yuzaga kelgan umumiy 20,1 mlrd söm debitor qarzdorlik uçun jami 231 014 ta abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqamidan SMS-xabarnoma orqali ogohlantirilgan. Şundan söng, abonentlarga mavjud qarzdorligini bartaraf etiş uçun 5 (beş) kun muddat berilgan va uşbu davrda 9,4 mlrd sömlik tölovlar amalga oşirilgan. 

Ayni paytda çiqindi xizmatlaridan respublika kesimida jami 18,2 mlrd söm debitor qarzdorlik mavjud.

“Mazkur çeklov qarzdorlik bartaraf etilişi bilanoq darhol yeçiladi. 2025 yil 7 martdagi 1044-sonli qonun bilan çiqindilarni töplaş va olib çiqiş xizmatlari böyiça tölov intizomi tartibga solingan. Unga köra, har oyning 3-sanasiga qadar qarzdor abonentlar töğrisidagi maʼlumotlar  “Toza makon” billing elektron tizimidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning billing tizimiga uzatilmoqda. Uşbu tartib 2025-yil 30-iyungaça bölgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi. 2025 yilning 1 iyulidan çiqindi xizmatlaridan şakllangan qarzdorliklar uçun joriy yilning 5 noyabridan boşlab qöllanilmoqda”, deyiladi xabarda.


Teglar:
×