Qambarota-1 GES qurilişi Qirğiziston (34 foiz), Özbekiston va Qozoğiston (33 foizdan) tomonidan kelasi yildan boşlab moliyalaştiriladi. Bu haqda Qirğiziston Energetika vazirligiga tayanib, 24.kg xabar berdi.
Qayd etilişiça, Özbekiston yetakçisi suv energetikasi sohasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş hamda mintaqaviy ahamiyatga molik qöşma loyihalarni, eng avvalo, Qambarota-1 GES quriş loyihasini samarali ilgari suriş muhim ekanini taʼkidlagan.
“Mintaqaning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalaniş va birgalikda boşqariş maqsadida kelgusi yilda Qirğiziston va Qozoğiston bilan birgalikda Qambarota-1 gidroelektr stantsiyasini quriş loyihasini moliyalaştirişni boşlaymiz”, degan Prezident Şavkat Mirziyoyev.
Maʼlumot uçun, Qirğizistondagi Qambarota-1 GES qurilişi qiymati 4,2 milliard dollarga baholanmoqda, xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalaştirişning umumiy portfeli esa 5,6 milliard dollarga yetgan.
Tomonlarning iştirok etiş uluşi quyidagiça taqsimlangan: Qirğiziston – 34 foiz, Özbekiston va Qozoğiston – 33 foizdan. Har bir mamlakat elektr energiyasini öz uluşiga mutanosib ravişda olişi mumkin böladi, bunda bozor şaroitlari va ehtiyojlarga qarab tuzatişlar kiritilişi mumkin.









