Özbekistonda atom elektr stantsiyasi quriş loyihasini amalga oşirişni istamaydigan davlatlar bor. Bu haqda Rossiyaning Toşkentdagi elçisi Aleksandr Malginov keça, 27 dekabr kuni Toşkentda ötkazilgan yillik hisobot anjumanida maʼlum qilgan.
Taʼkidlanişiça, bunga Özbekiston AES qurilişi uçun Rossiyaning “Rosatom” kompaniyasini tanlagani sabab bölgan. Ayni paytda loyiha mutaxassislar tomonidan işlab çiqiş bosqiçida, quriliş işlari kelgusi yilda boşlanişi rejalaştirilgan.
“Biz jarayon konstruktiv va barça Markaziy Osiyo davlatlari manfaatlaridan kelib çiqqan holda hal qilinadi, degan fikrdamiz. Uning qurilişiga qança mablağ sarflanmasin, öz samarasini beradi. Asosiysi, u Özbekistonning energiyaga bölgan talabiga javob beradi”, degan Malginov.
“Rosatom” Özbekistonning Jizzax viloyatida “3+” avloddagi ikkita VVER-120 reaktoridan iborat kompleks qurişni rejalaştirmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga köra, Jizzax AES işga tuşirilganda Özbekistonning energiyaga bölgan ehtiyojining 15 foizini taʼminlaydi.
Qayd etilişiça, hozirda Respublika jiddiy energiya va gaz taqçilligiga duç kelmoqda, agar ilgari Özbekiston gazni boşqa davlatlarga eksport qilgan bölsa, endilikda hukumat öz sanoati ehtiyojlarini qondiriş uçun gaz sotib olişga majbur. Respublika gazni xorijga faqat tuzilgan uzoq muddatli şartnomalar asosida yetkazib beradi.
Maʼlumot örnida, 2018 yil sentyabr oyi boşida Rossiya Boş vaziri Dmitriy Medvedev va Özbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov Respublika hududida atom elektr stantsiyasini quriş böyiça hamkorlik töğrisidagi bitimni imzolagan edi.
2018 yilning oktyabr oyida esa Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin uşbu yirik loyihaga start bergandi.









