Farğona viloyatida giyohvandlik vositalarini pullamoqçi bölgan şaxslar qölga tuşdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, ötkazilgan tezkor tadbirda Marğilon şahrida yaşovçi fuqaroning Matiz rusumli avtotransport vositasi tegişli tartibda tekşirilgan.
Şundan söng, avtomaşina salonida 866 gr “gaşiş” moddasi borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Maʼlum bölişiça, gumonlanuvçi uşbu giyohvandlik vositasini kelgusida sotib, boylik orttirişni maqsad qilgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25 orqali 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qolaversa, Farğona va Andijon şaharlarida yaşovçi fuqarolarga kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalarini sotiş bilan şuğullanib kelayotgan şaxslar töğrisida tezkor maʼlumotlar olinib, Farğona şahrida ularni qölga oliş tadbiri ötkazilgan.
Jumladan, Andijon viloyatining Qörğontepa tumanida yaşovçi 2 nafar narkosavdogar Qirğiz Respublikasidan kontrabanda qilingan 4508 dona “Regapen” kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalarini xaridorga 12 ming 800 dollarga sotgan vaqtida qölga olingan.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 28 orqali 246-moddasi (kontrabanda) 1-qismi va 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuçli taʼsir qiluvçi moddalarni tarğib qiluvçi mahsulotni tayyorlaş, tarqatiş, reklama qiliş, namoyiş etiş yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş) 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan. Uşbu holat böyiça ham tergov harakatlari olib borilmoqda.









