Töyda 74 kişi ovqatdan zaharlandi

Töyda 74 kişi ovqatdan zaharlandi

Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi “Algar” mahallasida yaşovçi fuqaro M.A. xonadonida 2021 yilning 12 iyul kuni bölib ötgan töyda qatnaşçilarning 74 nafari ommaviy zaharlangan.

Bemorlar tuman tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimiga ovqat toksikoinfektsiyasi taşxisi bilan yotqizilgan.

Taʼkidlanişiça, şifoxonaga 2021 yilning 13 iyul kuni 37 nafar, 14 iyul kuni 31 nafar bemor yotqizilgan.

Holat böyiça viloyat sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasiga belgilangan muddatda xabar berilmagan. Masʼul taşkilot bu haqda 15 iyul kuni viloyat prokuraturasi orqali xabar topgan.

Şifoxonaga yotqizilgan barça bemorlarda köngil aynişi, qayd qiliş, qorin sohasida oğriq, iç ketişi, sovuq ter bosişi va tana haroratining kötarilişi kabi bir xil belgilar kuzatilgan.

Kasallikning klinik belgilari tahliliga köra bemorlarning 13 nafarida töxtovsiz qayd qiliş, iç ketiş va tana haroratining 37-38 darajagaça kötarilişi kuzatilgan.

Şu sabab bemorlarning 13 nafariga ovqat toksikoinfektsiyasi oğir darajasi, 61 nafariga ovqat toksikoinfektsiyasi örta oğir darajasi taşxisi qöyilgan.

Töy egasi va töyxona taomlarini uyiga olib borib, isteʼmol qilgan fuqarolar xonadoni örganilganda töy kuni tayyorlangan taom va salatlar qolmagani aniqlanib, zaharlanişga gumondor mahsulotlarini laboratoriya tahlilidan ötkaziş imkoni bölmagan.

Qayd etilişiça, körsatilgan tibbiy yordam natijasida bemorlar ahvoli yaxşilanib, 19 iyul kuni barçasiga javob berilgan.

Urgut tumani SEO va JS bölimi bakteriologik laboratoriyasining 2021 yil 22 iyuldagi tekşiruv bayonnomasida qayd etilişiça, 74 nafar bemordan olingan tahlillarga köra, bemorlarning 18 nafaridan stafilokokk aerius mikroblari topilgan.

×