Yöl qurilişi sifati qaçon yaxşilanadi?

Yöl qurilişi sifati qaçon yaxşilanadi?

Namangan viloyati mustaqil laboratoriyalari uyuşmasi tarkibiga 70 dan ziyod mutaxassisdan iborat, 4 ta akkreditlangan quriliş sinov laboratoriyasi birlaşgan.

Uşbu laboratoriyalar avtomobil yöllari va aerodromlar qurilişida texnik kuzatuv, sifat nazorati, laboratoriya sinovlari bilan şuğullanib keladi. Yöl qurilişi sohasida sifatni taʼminlaş borasidagi muammolarning barçasidan xabardormiz. 2020 yilning 7 noyabrida sohalardagi korruptsiya holatlari böyiça Özbekiston Respublikasi boş prokurorining maʼruzasida Transport vazirligi huzuridagi yöl quriliş işlari sifatini nazorat qiliş inspektsiyasi faoliyati öta qoniqarsiz va samarasiz deb baholandi. Oxirgi ikki yil davomida yöl quriliş sohasida 12 mingdan ortiq qonun buzilişlar aniqlangan bölsada, bundan atigi 7 tasi huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim qilinganligi töğrisida aytib ötildi.

Yöllarimiz şunçalik sifatli qurilyaptimi, öğrilik va talon-tarojlik yöqmi, yöl qurilişi sohasi bekami-köstmi? Yöl quriliş işlari sifatini nazorat qiliş inspektsiyasining bu darajada samarasiz faoliyat körsatişining sababi nima? Poraxörlik yoki malakasizlik?

Poraxörligini isbotlab bera olmaymiz, çunki bizda bu haqda aniq maʼlumotlar yöq. Lekin, bilimsiz va malakasizligini köplab misollar va materiallar orqali isbotlaş mumkin.

Misol uçun, bugungi kundagi eng yirik qurilişlardan biri “Toşkent – Şarqiy aerodromi negizidagi fuqarolik aviatsiyasida zamonaviy aeroport kompleksi quriş” obʼektida yöl quriliş işlari sifatini nazorat qiliş inspektsiyasi tomonidan sinov işlari ötkazilib xulosa berilgan.

Inspektsiya laboratoriyasi tomonidan berilgan sinov bayonnomalari, uşbu obʼektda nazorat sinovlarini ötkazgan, bir-biridan mutlaqo mustaqil va natijalardan manfaatdor bölmagan, laboratoriyalar xulosalarini inkor qiluvçi sinov natijasi berilgan.

Bu holatning sabablari tahlil qilinganda, inspektsiya laboratoriyasi tomonidan standartlarning köplab talablari qöpol ravişda buzilgani aniqlangan.

Masalan, har qanday sinovlar – konkret standartda belgilangan sinov uslublari bilan amalga oşiriladi. Lekin, inspektsiya Özbekistonda amal qilişi bekor qilingan standart asosida sinov ötkazgan.

Har qanday sinovlarda qança miqdordagi namuna olib sinalişi ham belgilab qöyilgan. Inspektsiya laboratoriyasi tomonidan ötkazilgan sinovlarda standart böyiça 40 kg namuna olib tekşirilişi körsatilgan bölsa-da, amalda 4 kg, yaʼni 10 barobar kam namuna olib, sinov ötkazilgan. Bundan taşqari, sinov uçun qanday uskuna qöllanilişi ham standartlarda aniq körsatilgan. Lekin inspektsiya laboratoriyasi sinovlarda kiçik hajmdagi sinov uskunasini qöllagan. Şuningdek, natijalar standartlarda belgilangan tartibda hisob-kitob qilinişi lozim. Lekin, ular ham xato amalga oşirilgan.

Özbekistonda amaldagi xalqaro O’z DSt ISO/IEC 17025-2007 standarti talabi böyiça, manfaatdor tomonlar sinovlarni bevosita kuzatiş huquqiga ega. Lekin inspektsiya laboratoriyasi sinovlarga heç kimni yaqin yölatmaydi. Bu holat standart talabining oddiy buzilişi emas, balki özining malakasizligini tan olişdir.

Sinov işlarini amalga oşiriş uçun Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 30 dekabrda 2748-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan nizomga asosan sertifikatlanmagan  xodimning sinov ötkazib xulosa berişi  taʼqiqlangan. Lekin, inspektsiyadagi sinovlarni standart talablarlariga qatʼiy rioya qilinişini nazorat qilişga masʼul şaxs, yaʼni yöl quriliş işlari sifatini nazorat qiliş inspektsiyasi laboratoriyasi rahbari va sinovlarni ötkazişda qatnaşib, xulosalarni imzolagan şaxslarda sertifikat bölmagan. Eng açinarlisi, har qanday laboratoriya adaşişi va xatolikka yöl qöyişi mumkin va bu holat standartlarda közda tutilgan.

Bunday holatda laboratoriya tezkorlik bilan öz xulosasini bekor kilişi, barça manfaatdor tomonlarni ogohlantirişi, xatoliklarni tuzatibgina qolmay, kelgusida qaytarilmaslik çoralarini körişi lozim. Aslida, malakasiz va obʼektiv sinov ötkaziş salohiyatiga ega bölmagan sinov laboratoriyalarning hozirgi kunda faoliyat körsatişiga yöl qöyayotgan taşkilot – Özstandart agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazidir.

Uşbu markaz öziga yuklatilgan funktsiya va vazifalarni lozim darajada bajarmay, oçiqdan-oçiq xolislik va betaraflik printsiplarini buzayayotgani, kamsitişlarga yöl qöygan holda faoliyat olib borayapti. Çunki, aynan şu Akkreditatsiya markazi – barça laboratoriyalarning layoqatini baholab, akkreditatsiyadan ötkazadi va şu sohada faoliyat olib borişga ruxsat beradi.

Akkreditatsiya markazi Transport vazirligi huzuridagi yöl quriliş işlari sifatini nazorat qiliş inspektsiyasining layoqatini tasdiqlabgina qolmay, laboratoriyaning qonun buzilişlari töğrisida şikoyat tuşganda ham, qonunçilikda belgilangan çoralarni qöllamagan.

Şu örinda alohida taʼkidlaş lozim, agar boşqa birorta laboratoriyalar standartlarni şunga öxşaş tarzda buziliş holatlariga yöl qöyganda sözsiz faoliyati töxtatilar edi.

Aslida, amaldagi qonunlar, qoidalar böyiça mulkçilik şakli va taşkilotlarning maqomidan qatʼiy nazar bir xil xalqaro standart talablari belgilangan. Heç qanday taşkilotga imtiyoz berilmagan. Lekin, amalda-çi?

Masalaning yanayam ayançli tomoni şundaki, Akkreditatsiya markazining yuqori taşkiloti Özstandart agentligiga şikoyat qilinganda ham, navbatdan taşqari inspektsiya tekşiruvini ötkaziş töğrisidagi körsatmani eʼtiborsiz koldirgan. Yöl inspektsiyasiga tuzatiş çoralari yaʼni birinçi örinda ğayriqonuniy sinov bayonnomalarini bekor qiliş töğrisidagi körsatmasi ham inkor qilib kelingan.

Yöl inspektsiyasining ğayriqonuniy xulosasini olgan taşkilotlar ham uning ğayriqonuniyligini bilib, tuşunib, turgan bölsada – davlat nazorat organi maqomidagi laboratoriya bölgani uçun Inspektsiya laboratriyasi xulosalarini tan oliş yoki olmasligi böyiça ikkilanişiga, öz işini halol bajargan taşkilotlar esa, sudma-sud yurib, adolat izlab sarson bölişiga sabab bölgan. Inspektsiya laboratoriyasining ğayriqonuniy xulosalari natijasida quriliş obʼektida bajarilayotgan işlar deyarli 9 oy muddatga sunʼiy ravişda butkul töxtab qolgan, pudratçi taşkilotga nisbatan maʼnaviy va iqtisodiy ziyon yetkazilgan. Nihoyat, uşbu masala Toşkent şaxar, Mirzo Ulugbek tuman Maʼmuriy sudida oçiq sud majlisida körib çiqilib, 2020 yil 10 dekabrda hal qiluv qarori çiqarilgan. Bunga köra, Inspektsiya laboratoriyasi tomonidan rasmiylaştirilgan sinov bayonnomalari xaqiqiy emasligi, xulosa berişda ifodalangan xatti-harakatlar qonunga xilof deb topilgan.

Bundan taşqari, Inspektsiya laboratoriyasi “GRAND ROAD TASHKENT” MÇJ va “Obod shahar qurish” MÇJ tomonidan qurilgan Toşkent şahridagi Yakkasaroy, Yaşnabod, Mirzo Uluğbek, Sergili tumanlarida joylaşgan mahalliy yöllarda xam laboratoriya sinovlarini ötkazib, standart talablarini buzgan holda, asoslanmagan, tuşunarsiz, nostandart usullarda sinov ötkazib, notöğri xulosalar rasmiylaştirgan. Natijada, bu ikki quriliş taşkiloti tomonidan ham yöl kuriliş işlari sifatini nazorat kiliş inspektsiyasi laboratoriyasining xulosalarini haqiqiy emas, deb topilişi va bekor kilinişi, masʼul xodimlarining harakatlarini noqonuniy deb topiş buyiça Toşkent tumanlararo maʼmuriy sudiga şikoyat arizasi yuborilgan.

Inspektsiya laboratoriyasining Respublikaning barça hududlarida şunga öxşaş ğayriqonuniy, asoslanmagan va malakasizlarça rasmiylaştirilgan xulosalar berib kelayotganligi töğrisidagi misollarni keltiriş mumkin. Lekin ming afsuski, Inspektsiya laboratoriyasining uşbu xatti-harakatlari haligaça davom etib kelmoqda.

Mana sizga yöllarimizning nima uçun sifatsizligi-yu, Boş prokuror aytganidek, Transport vazirligi huzuridagi yöl quriliş işlari sifatini nazorat qiliş inspektsiyasi faoliyatining öta qoniqarsiz va samarasiz baholanişi sabablari.

Yöl quriliş işlari sifatini nazorat qiliş inspektsiyasi doimo şunday bölgan, degan fikrdan yiroqmiz. Unda malakali, tajribali, sifatni obʼektiv baholaş salohiyatiga ega bölgan mutaxassislar köp, lekin köpçiligi böşab ketdi yoki ketişga majbur qilişdi.  

Uşbu muammolar kompleks hal qilinib, davlat nazorati samarasi oşirilsa, işonçimiz komilki yöllarimizda sifat ham tubdan yaxşilanadi.

Nurbek Şaribayev,  

Namangan viloyati “Mustaqil sinov laboratoriyalari”

uyuşmasi boşqaruv kengaşi raisi 

×