Farğona viloyatining Qöqon şahrida xalqaro terroristik taşkilot tarafdori 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Qöqon şahrida yaşovçi şaxs 2021 yilda Telegram messenjerida kanal oçib, unga aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan materiallarni joylagan va kanalning 9 nafar obunaçisiga tarqatgan. Bundan taşqari, u Instagram ijtimoiy tarmoğida xozirgi kunda Suriya davlatida faoliyat olib borayotgan “Tavxid va jihod katibasi” xalqaro terroristik taşkilotining instruktur va media tarğibotçisi bilan boğlanib, uning daʼvatlari taʼsiriga tuşgan. Söngra, Suriya davlatida jihod qiliş uçun nima qiliş kerakligi töğrisida özaro audio va xabar orqali yozişmalar olib borib, XTT safiga qöşilişga hayrixohlik bildirgan.
Öz navbatida uşbu şaxs yaqin tanişlari va özining sinfdoşlari orasida “jamoat” şakllantirib, ularni Suriya hududiga “hijrat” qilib, terrorçi guruhlar qatoriga qöşilişga daʼvat qilgan.
DXX va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida uning noqonuniy harakatlari töxtatib qolinib, huquqiy baho berilgan.
Natijada u jinoyat işlari böyiça Furqat tuman sudi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi, 244-2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.









