23 ming taksiçi işsiz qolişi mumkin — Yandex

23 ming taksiçi işsiz qolişi mumkin — Yandex

Yandex Uzbekistan kompaniyasining hukumat bilan aloqalar böyiça direktori Sardor Qodirov taksiçilar faoliyati bilan boğliq yangi tartib tufayli Toşkent şahrining özida 23 ming haydovçi işsiz qolişi mumkinligini taʼkidladi.

«Özbekistonda 1 millionga yaqin haydovçi bor. Bu - iş örni, barqaror daromad va yuz minglab odamlarning tirikçiligi. 2 apreldan kuçga kirgan yangi tartibga köra, taksi haydovçilari faqat maşinasi röyxatdan ötgan viloyatda yoki unga tutaş hududlarda işlaşi mumkin. Yaʼni viloyatdagi taksist Toşkentda işlay olmaydi. Faqat poytaxtning özida 23 000 haydovçi işsiz qolişi mumkin», deb yozdi u.

Sardor Qodirov qarorga qanday asos keltirilganiga ham izoh berib, mantiqli javoblarni kutmaslikni taʼkidladi.

«Tirbandlikni kamaytiradi, deyişmoqda. Ammo bu xato. Toşkent köçalarida bir vaqtda 900 mingga yaqin maşina, ularning atigi 12–30 mingtasi taksi, 2 mingtasi avtobus. Taksi - şaxsiy avtomobilga nisbatan 3 barobar samaraliroq transport. Uni kamaytiriş tirbandlikni emas, yolğiz yuradigan maşinalar sonini oşiradi», deb yozdi u.

Qodirovning taʼkidlaşiça, taksi – bu Özbekistonda birinçi marta töliq raqamlaştirilgan va legallaştirilgan kasb.

«Bu soliq, nazorat va xavfsizlik böyiça real yutuq edi. Endi esa eng oçiq va «toza» sektordan çeklovlar boşlanyapti. Bu - öşa öşa davrga qaytarmasmikan bizlarni?», deb yozdi u.

Teglar:
×