Endilikda abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan bölsa, lekin töplagan balli boşqa oliygohdagi tölmagan yönalişga töğri kelsa, şu oliygohga kirişi mumkin. Bu haqda bugun, 8 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida oliygohlar bitiruvçilarini işga joylaştiriş böyiça kengaytirilgan yiğilişda maʼlum qilindi.
“Biz abituriyentlarga 5 ta oliygohni tanlaş imkonini berdik. Bu – oliy taʼlimda katta sakraş, desak adolatdan böladi. Buni yanada kengaytiramiz”, dedi davlat rahbari.
Endilikda abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan bölsa, lekin töplagan balli boşqa oliygohdagi tölmagan yönalişga töğri kelsa, şu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilişi mumkin böladi.
Bu davlat va xususiy oliygohlar örtasida raqobatning rivojlanişiga xizmat qilişi taʼkidlandi.









