Prezident Aşxobodga boradi

Prezident Aşxobodga boradi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 28 noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining ön beşinçi sammitida iştirok etiş uçun amaliy taşrif bilan Aşxobod şahrida böladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir kun tartibiga muvofiq, taşkilot doirasidagi köp tomonlama şeriklikni yanada kengaytiriş, eng avvalo savdo munosabatlarini rivojlantiriş, mintaqaning tranzit salohiyatini oşiriş, «yaşil» iqtisodiyotni ilgari suriş va innovatsiyalarni joriy qiliş masalalari körib çiqiladi. Sammitning yakuniy hujjatini qabul qiliş közda tutilgan.

Turkmanistonga taşrif dasturi doirasida qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazilişi ham rejalaştirilgan.

Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti (IHT) mintaqaviy köp tomonlama tuzilma bölib, mintaqa mamlakatlari örtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirişga kömaklaşiş maqsadida 1985 yilda taşkil etilgan.

Bugungi kunda taşkilotga Özbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afğoniston aʼzo. Mamlakatimiz IHTga 1992 yilda qöşilgan.

Eslatib ötamiz, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4-5 oktyabr kunlari rasmiy taşrif bilan Özbekistonda bölgandi.

×