Joriy yil Xalqaro qiliçbozlik federatsiyasining (FIE) hisobot-saylov Kongressi taşkil etiladi. Unda taşkilot rahbariyatiga saylov ötkaziladi.
Rossiya qiliçbozlik federatsiyasi mazkur saylovga mamlakat nomidan FIE’ning amaldagi rahbari, rossiyalik metsenat Alişer Usmonovning nomzodini ilgari surdi. Şu tariqa, 27 noyabr kuni Şveytsariyada ötkaziladigan FIE’ning Kongressida Usmonov nomzodi körib çiqiladi.
Taʼkidlanişiça, sentyabr oyida Özbekistonda ötgan Osiyo, Panamerika va Afrika qiliçbozlik konfederatsiyalarining kongressida har uç mintaqa Alişer Usmonovga bölajak saylovda uni qöllab-quvvatlaşini bildiruvçi xat yöllagan.
Maʼlumot uçun, Alişer Usmonov 2008 yildan beri uşbu xalqaro taşkilotni boşqarib kelmoqda. U FIE’ga 2012 va 2016 yillarda qayta saylangan.









