Közi ojiz bolalar uçun innovatsion texnologiya markazi oçildi

Közi ojiz bolalar uçun innovatsion texnologiya markazi oçildi

«Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida Toşkent şahar közi ojizlar maxsus maktab internatida maxsus jihozlangan innovatsion kompyuter markazi taşkil etildi.

Uşbu markaz köriş imkoniyati çeklangan bolalar uçun zamonaviy kommunikatsion bilimlarni egallaş, butunjahon internet tarmoğidan foydalaniş könikmalarini uyğotiş, kitobxonlik madaniyatini şakllantirişga xizmat qiladi. Agentlik tomonidan taqdim etilgan kompyuterlar maktab öquvçilari imkoniyatlariga moslaştirilgan. Yaʼni, ekranda nutq interfeyslari orqali maxsus öqiş dasturi yordamida matn bloklari, yorliq nomlari va menyu bandlari ovozli eşitiladi.

Bundan taşqari, uşbu kompyuterlardagi 300dan ortiq audiomateriallar köriş imkoniyati çeklangan öquvçilarning kitobxonlik könikmalarini şakllanişida muhim ahamiyatga ega böladi.

Taqdimotda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori örinbosari Saida Mirziyoyeva iştirok etdi.

Agentlik tomonidan  Sevimli adibimiz Abdulla Qodiriyning «Ötkan kunlar» romanining audio talqinini maktab fondiga sovğa qilindi.

×