Özbekiston samolyotlarida 5 kişi halok böldi

Özbekiston samolyotlarida 5 kişi halok böldi

2025 yilning boşidan şu kunga qadar Özbekiston samolyotlarida beşta ölim holati qayd etildi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” xabar berdi. 

Maʼlum qilinişiça, 2024 yilda Özbekiston aeroportlarida 46 nafar yölovçi soğliği sababli parvozga qöyilmagan. Joriy yilning olti oyida esa 61 yölovçiga parvoz qilişga ruxsat berilmagan.

“Noxuş holatlarning aksariyati parvoz vaqtida röy beradi, şu bois yölovçilar yuzaga kelişi mumkin bölgan xavflarni oldindan bilişlari va havo qatnoviga qarşi körsatmalarni inobatga olişlari zarur. Şunday qilib, 2024 yilda 14 ta ölim holati qayd etilgan bölib, ulardan 11 tasi samolyot bortida, 3 tasi Toşkent xalqaro aeroportining uçib keliş zalida sodir bölgan. 2025 yilning hozirgi kuniga qadar 5 ta ölim holati qayd etilgan va ularning barçasi manzilga yetib borgunga qadar samolyot bortida röy bergan”, degan kompaniyaning tibbiy xizmatni rivojlantiriş bölimi boşliği Sevara Solihova.

Şuningdek, kompaniya quyidagi hollarda yölovçilardan parvozga çiqmaslikni söragan:

  • yaqin orada ötkazilgan jarrohlik operatsiyalari;
  • ötkir yurak-qon tomir kasalliklari (masalan, yurak xuruji, beqaror stenokardiya);
  • insult va boşqa ötkir nevrologik holatlar;
  • pnevmotoraks, oğir bronxial astma, pnevmoniya;
  • tromboemboliya, faol qon ketiş, oğir anemiya;
  • quloq, burun böşliqlari va közlarning barotravmasi;
  • homiladorlikning söngi bosqiçlari, ayniqsa oğir asoratlar bölsa.


Teglar:
×