Xorijdan öqişni köçirişning yangi tartibi belgilandi

Xorijdan öqişni köçirişning yangi tartibi belgilandi

Özbekiston Adliya vazirligi joriy yil 15 iyuldan talabalar öqişini köçirişning yangi tartibi haqida maʼlum qildi. U bir qator bosqiçlardan iborat.

Öqişni köçiriş jarayonlarining tartibi quyidagiça:

  • öqişni xorijiy davlatlardagi (xalqaro 1 000 talik röyxatga kirgan) oliy taʼlim taşkilotlaridan Özbekistondagi davlat OTMning mos va turdoş yönalişlariga köçirişda:
  • alohida iqtidor talab etiladigan yönalişlar böyiça kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boşqa yönalişlar böyiça test ötkaziladi;
  • test va kasbiy imtihonlar böyiça ötiş ballari joriy yil 25 iyulgaça, keyinçalik har yili 15 iyulgaça belgilanadi hamda OAVda eʼlon qilinadi;
  • ötiş balidan past ball töplagan talabalar tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinadi;
  • test va kasbiy imtihonlar natijalari DTM hamda OTMning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.

Qayd etilişiça, öqişni xorijiy davlatlardagi oliy taʼlim taşkilotlaridan Özbekistondagi davlat OTMning mos va turdoş bölmagan yönalişlariga köçirişga ruxsat etilmaydi.

×