Özbekistonda soha masʼullari ob-havoni bahona qilavermasdan, şaroitga moslaşib, issiq va sovuqqa, suvsizlikka çidamli mahsulotlar yetiştirişga ötişi zarur. Bu haqda bugun, 30 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini köpaytiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişida söz oçdi.
Davlat rahbari sönggi uç yilda 250 ming gektar paxta va ğalla yeri oziq-ovqat yetiştirişga berilgani, 160 ming gektarda yangi boğ va tokzor barpo etilgani, eskirgan 107 ming gektari yangilangani, 1 milliard dollarlik 1,5 mingta oziq-ovqat loyihasi işga tuşganini taʼkidladi.
Bundan taşqari, 100 ming tonna saqlaş, 70 ming tonna quritiş, 46 ming tonna saralaş va qadoqlaş quvvatlari yaratilgan.
Qişloq xöjaligidagi islohotlar xalqaro miqyosda eʼtirof etilmoqda. Şu oyda Özbekiston Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) Kengaşi aʼzoligiga saylandi.
“Bu milliy va mintaqaviy taşabbuslarni ilgari suriş, yangi loyihalarga mablağ jalb qilişda biz uçun katta imkoniyat”, deydi Prezident.
Davlat rahbari xalqaro vaziyat kun sayin özgarib borayotgani, yildan-yilga takrorlanayotgan ob-havo injiqliklari, “anomal issiq” va “anomal sovuq” degan tuşunçalar odatiy holga aylanib ulgurganiga eʼtibor qaratdi.
Bunday qaltis şaroitda har bir eksport bozori mamlakatimiz uçun öta muhimligi, kerak bölsa, bu – iqtisodiy xavfsizlikning ustuvor yönalişlaridan biri ekani körsatib ötildi.
Şu bois soha masʼullari va hokimlar ob-havoni bahona qilavermasdan, şaroitga moslaşib, issiq va sovuqqa, suvsizlikka çidamli mahsulotlar yetiştirişga ötişi zarurligi qayd etildi.
Ötgan 6 oyda oziq-ovqat eksporti 44 foiz ösib, 1 milliard 326 million dollar böldi. Eksport geografiyasi 16 ta davlatga köpaydi.
Şu bilan birga, Surxondaryo, Toşkent viloyatlari, Qoraqalpoğiston meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportining surʼati böyiça qolgan hududlardan ortda qolayapti. Navoiy viloyati esa ötgan yilgi körsatkiçlariga ham çiqa olmadi.
Uşbu hududlar va ularga hukumatdan biriktirilgan vakillar bu boradagi işlarini faollaştirişi zarurligi körsatib ötildi.









