Okean yoki dengiz yaqinida yaşaş umrni uzaytirişi mumkin, ammo daryo yoki köl böyida yaşaşda bunday taʼsir kuzatilmaydi. Bunday xulosaga Ogayo ştati universiteti olimlari keldi. Bu haqdagi tadqiqot natijalari “Environmental Research” (EnviRes) jurnalida eʼlon qilindi.
Tadqiqot mualliflari AQŞdagi 66 mingta hudud aholisi va ularning salomatligiga oid maʼlumotlarni tahlil qilgan. Ular turli xildagi suv havzalariga yaqinlikning örtaça umr davomiyligiga qanday taʼsir qilişini örgangan. Bu jarayonda iqlim, daromad darajasi, havo sifati, transport infratuzilmasi va urbanizatsiya darajasi kabi omillar hisobga olingan.
Natijalarga köra, dengiz va okean sohillaridagi hududlarda yaşovçilar mamlakat içki hududlaridagi odamlarga qaraganda örtaça bir yil köproq yaşaydi. Bunga yanada qulay iqlim, yaxşi ekologik holat, hayot sifati va dam oliş maskanlariga boriş imkoniyati sabab bölişi mumkin.
Biroq içki suv havzalari – daryo va köllar, ayniqsa ularning şaharlardagilari atrofida yaşovçilarda qarama-qarşi tendentsiya kuzatilgan: ularning umr davomiyligi pastroq bölgan. Buning sababi sifatida köplab şaharlardagi daryo va köl böylarida uçraydigan ifloslaniş, ziç qurilişlar va ijtimoiy tengsizlik körsatilmoqda.









