JÇ-2026 ga qayerda va qaçon qurʼa taşlanişi maʼlum böldi

JÇ-2026 ga qayerda va qaçon qurʼa taşlanişi maʼlum böldi

2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionatining guruh bosqiçi qurʼasi joriy yilning 5 dekabr kuni AQŞning Las-Vegas şahrida ötkaziladi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Naşrga köra, qurʼa marosimi dunyodagi eng katta sfera şaklidagi bino – “Sphere” zalida bölib ötadi. Bu inşoot 17,5 ming tomoşabinga möljallangan bölib, 50 ming kvadrat metrdan ortiq maydonni egallagan ulkan ekran bilan jihozlangan. Qiziği şundaki, şahar turnir öyinlariga mezbonlik qilmaydi.

Maʼlumot uçun, 2026 yilgi Jahon çempionatida ilk bor 48 terma jamoa iştirok etadi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulgaça AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötadi. Unda Özbekiston milliy terma jamoasi ham ilk bor iştirok etadi. Amaldagi çempion Argentina milliy terma jamoasi bölib, ular 2022 yil finalida penaltilar seriyasida Frantsiyani mağlub etgandi.


×