Jazirama issiq qaçon çekinişi maʼlum böldi

Jazirama issiq qaçon çekinişi maʼlum böldi

Gidrometeorologiya xizmati boşlangan hafta uçun ob-havo maʼlumotini taqdim etdi. 

Haftaning katta qismi davomida Özbekistonga Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelişi davom etadi. Havo harorati keçalari 25-27 darajagaça, kunduz kunlari 41-43 darajagaça, şimolda, janubda va çöl hududlarida 44-46 darajagaça issiq böladi, bu örtaça köp yillik qiymatlardan 5-8 darajaga yuqoridir.

Juma kunidan Özbekiston hududiga Volgaböyi hududlaridan deyarli salqin havo massalari kirib kelişi va issiq asta-sekin pasayişi boşlanadi. Juma kuni kunduzgi harorat 37-40 darajagaça pasayadi va faqat janubiy hududlarda 42-44 darajagaçani taşkil etadi.

Qoraqalpoğiston hududi böyiça harorat payşanba kunidan pasayişni boşlaydi va juma kuni havo harorati 32-37 darajani taşkil etadi.

Dam oliş kunlari Özbekistonning barça hududlarida haroratning pasayişi davom etadi.

Haftaning boşida va oxirida Özbekistonning ayrim toğoldi va toğli hududlarida momaqaldiroq bilan mahalliy yomğir yoğişi ehtimoldan xoli emas, seşanba kuni keçga tomon esa Toşkent viloyatining tekislik hududlari böyiça biroz yomğir yoğişi mumkin.

Hafta davomida respublika böyiça baʼzi joylarda şamol 15-20 m/s.gaça kuçayişi kutilmoqda.

×