Sunʼiy intellekt bilan bölgan şaxsiy suhbatlar, psixoterapevt yoki advokat bilan bölgan suhbatlardan farqli ölaroq sudda dalil sifatida işlatilişi mumkin. Bu haqda OpenAI rahbari Sem Altman amerikalik komik Teo Vonning “This Past Weekend” podkastida aytib ötdi.
Uning sözlariga köra, tobora köproq odamlar psixologik yordam uçun ChatGPT’ga murojaat qilayotgan bölsa-da, bu har doim ham xavfsiz bölmasligi mumkin.
“Agar siz ChatGPT bilan eng şaxsiy masalalaringiz haqida muloqot qilayotgan bölsangiz va keyinçalik sud işi yoki şunga öxşaş holat yuz bersa, biz buni taqdim etişga majburlaşlari mumkin”, deydi Sem Altman.
U bunday holatni juda notöğri deb hisoblaşini aytib, sunʼiy intellekt bilan yozişmalarda ham “xuddi şunday maxfiylik kontseptsiyasi amal qilişi kerak”ligini taʼkidlagan.
“Qonun vraç yoki yurist bilan bölgan muloqot sirini himoya qiladi – “vraçlik siri bor, yuridik maxfiylik mavjud”, ammo ChatGPT bilan muloqot qilganingizda bu qanday bölişi haqida hali javob yöq”, deydi OpenAI rahbari.
Maʼlumot uçun, OpenAI ChatGPT sunʼiy intellektli çat-botiga egalik qiluvçi kompaniya hisoblanadi.









