Toşkent viloyatida öz qizini zörlagan ota qamaldi (video)

Toşkent viloyatida öz qizini zörlagan ota qamaldi (video)

Toşkent viloyati tumanlaridan birida erkak öz qiziga zöravonlik qilgani aniqlandi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Bildirilişiça, oilanning ijtimoiy maqomini belgilaş va ehtiyojmandlar röyxatiga kiritiş maqsadida agentlikning ijtimoiy xodimi xizmat körsatiş doirasida oila aʼzolarini tibbiy körikdan ötkazişga yuborgan. Aynan şu körik qizaloq avval gapira olmagan voqealarni oçiqlaşga turtki bölgan. Bu esa rasmiy tergov jarayonini boşlaşga asos bölgan.

Qizaloqning xavfsizligini taʼminlaş maqsadida u vaqtinça oilaviy bolalar uyiga joylaştirilgan. Kompleks baholaş natijasida esa onasi qaromoğiga topşirilgan. 

“Hozirda u doimiy himoya ostida bölib, tiklaniş jarayonidan ötmoqda. Unga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam körsatilmoqda.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi jabrlangan bolaga har tomondan kömak körsatdi va tegişli xizmatlar faoliyatini muvofiqlaştirdi. Natijada, qiz himoya qilindi, aybdor esa qonunan jazoga tortildi”, deyiladi xabarda.

24 iyul kuni sud qaroriga köra, erkak öz farzandiga nisbatan oğir jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sud tomonidan unga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegiş) 3-qismi, “a”, “b”, “e” bandlari asosida 12 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi.


×