Ijtimoiy tarmoqlarda keçasi Farğona viloyati hokimi tomonidan videoselektor yiğilişiga çaqirilgan maktab xodimlari YTHda halok bölgani haqida xabarlar tarqaldi.
IIVning xabariga köra, YTH 29 sentyabr kuni taxminan soat 20:45da Qöqon yölida sodir bölgan.
25-sonli maktabning direktor örinbosari M.D. “Neksiya” rusumli avtomaşinasida yölning örtasiga örnatilgan beton tösiq ustiga çiqib ketgan va yölni yorituvçi temir ustunga urilgan. Töqnaşuvdan söng avtomobil yonib ketgan.
Natijada avtomaşina haydovçisi hamda oldi örindiqda bölgan 26-sonli maktabning direktor örinbosari U.Ş. voqea joyida halok bölgan.
Yana ikki nafar yölovçilar — 38-sonli maktabning direktor örinbosari T.L. va XTB qorovuli M.B.lar şifoxonaga joylaştirilgan.
IIV maktab xodimlari Farğona viloyati hokimiyatidagi tungi yiğilişga çaqirilganligi haqidagi maʼlumotlarni rad etdi.
«29 sentyabr kuni Farğona viloyati hokimligida yiğiliş yoki selektor ötkazilişi belgilanmagan, şuningdek YTHga uçragan haydovçi va yölovçilar özlarining şaxsiy yumuşlari bilan Danğara tumanidan Qöqon şahriga ketayotgan bölgan«, – deyiladi xabarda.









