“Open budjet” xakerlik hujumiga uçradi

“Open budjet” xakerlik hujumiga uçradi

Ijtimoiy loyihalarga ovoz yiğiş, ğolib bölgan proyektlar uçun mablağ ajratişga möljallangan va şu kunga qadar köplab maşmaşalarga sabab bölgan “Taşabbusli byudjet” loyihasining rasmiy portali xakerlik hujumiga uçradi. Bu haqda Iqtisodiyot va Moliya vazirligi xabar berdi. 

Maʼlumki, 27 avgustda “Taşabbusli byudjet” loyihasining 2023 yilgi 2 mavsumi doirasida ovoz beriş bosqiçi boşlandi. Ammo bu safar ovoz beriş jarayonlarining dastlabki kunlari foydalanuvçilar tomonidan tizimda ayrim texnik muammolar kuzatilayotgani haqida eʼtirozlar kelib tuşa boşlagan.

Vazirlik uşbu uziliş va texnik nosozliklarga uyuştirilgan xakerlik hujumlari sabab bölganini bildirgan. 

“Uşbu holat ovozlar sonini sunʼiy ravişda köpaytiriş maqsadida işlab çiqilgan norasmiy botlar orqali ovoz yiğiş, şuningdek, turli xil spam va xakerlik hujumlari oqibatida yuzaga keldi. Bu kabi urinişlarning oldini oliş uçun qöyilgan çeklovlar natijasida axborot portalida bir qator uzilişlar röy berdi”, deb aytiladi xabarda.

Bildirilişiça, barça zaruriy texnik çoralar körilgan va hozirda axborot portali möʼtadil işlamoqda.

Maʼlumot uçun, “Open budjet” loyihasining birinçi mavsumida 33 ming 680 ta taşabbus uçun 16 milliondan ortiq ovoz berilgan bölib, yakunda esa 1666 ta loyiha ğolib deb topilgan. Ajratilgan byudjet 1 trillion 571 milliard 963 million sömni taşkil qilgan.


Teglar:
×