Bloger murojaati sabab fuqaroning pensiyasi qayta hisoblandi

Bloger murojaati sabab fuqaroning pensiyasi qayta hisoblandi

Ijtimoiy tarmoqlarda, hususan Youtube videohostingida öz sahifasiga ega  bloger tomonidan “30 yil staj bilan 240 ming pensiya. Partiyalar kayoqqa qarayapti” nomli videomurojaat tarqaldi. Uşbu murojaatdan söng, pensiya jamğarmasi fuqaro Maligin Nikolay Nikolayeviçning pensiya miqdori qayta hisoblandi. 

https://youtu.be/TXgUm5csf1k

Maʼlum qilinişiça, fuqaro pensiya jamğarmasi Bektemir tuman bölimiga 2017 yil 17 martda taqdim qilgan arizasi hamda barça pensiya hujjatlariga asosan 13 yil 2 oylik umumiy iş staji bilan 154 281,73 söm pensiya tayinlangan. Fuqaroning özida ikkinçi mehnat daftarçasi borligi aniqlanib, mazkur mehnat daftarçasida 1984-1989 yillar davomida işlaganligi haqidagi yozuvlar (buyruqlar) mavjud bölgan. Şuningdek, unda 2005-2008 yillardagi oylik iş haqlari töğrisidagi maʼlumotnoma borligi maʼlum bölgan. 

Fuqarodan yozma ariza olingan va “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti töğrisida”gi Qonunning 49-moddasi talabiga böyiça qayta hisoblangan. 2020 yilning 1 yanvaridan 18 yil 2 oy 7 kunlik iş staji bilan pensiya miqdori 442 018,87 söm qilib berilgan. 
 

Bahodir Ahmedov
 Qalampir.uz Tahririyati

×