Uzcard kartalari hamda Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalari YUNISTRIM xalqaro tizim orqali pul ötkazmalarini qabul qiladi.
Şu kunlarda YUNISTRIM xalqaro pul ötkazmasi tizimini Özbekiston Respublikasida joriy etilişiga doir kelişuvga erişildi. Unga binoan, Uzcard va Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalariga Rossiya Federatsiyasi hamda MDH davlatlaridan pul ötkazmasini amalga oşiriş imkoniyati yaratildi.
YUNISTRIM tizimi orqali xalqaro miqyosda pul ötkazmasini amalga oşiriş xizmatining qulayliklari quyidagilar:
- Uzcard va Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalariga bir zumda pul ötkazmasini amalga oşiriş mumkin;
- Uzcard va Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalariga komission tölovlarsiz pul ötkazmasini amalga oşiriş mumkin;
- YUNISTRIM xalqaro tiziminig xizmatlari bank va savdo şahobçalarida onlayn-tartibda mijozlar eʼtiboriga havola etiladi.
“Uzcard va YUNISTRIM örtasida hamkorlikka erişilgani, karta egalari uçun onlayn-tartibda pul ötkazmalarini qabul qiliş imkoniyatini yaratdi. Endilikda, pul ötkazmasini qabul qiliş uçun bankga boriş ehtiyoji qolmadi. Pul mablağini yuboruvçi şaxs Uzcard kartasining raqamini va egasining ism, şarifini bilişi kifoya. Dollar, yevro va rubl pul birliklarini yuboriş jarayoni komission tölovlarsiz amalga oşiriladi hamda avtomatik ravişda söm pul birligimizga konvertatsiya qilinadi”, – deb taʼkidlaydi YAUPM Boş direktora Maxmudov Axror.
YUNISTRIM xalqaro pul ötkazmasi tizimi 2001 yildan boşlab öz faoliyatini olib boradi va Rossiya Federatsiyasida yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. YUNISTRIM tizimi orqali onlayn-tartibda hamda mobil ilova orqali pul ötkazmalarini amalga oşiriş imkoniyati mavjud. Bugungi kunga kelib, 300 dan ortiq bank hamda çakana savdo tarmoqlari uşbu tizim xizmatlarini mijozlarga havola etib kelmoqda.









