Eski hammom eski tos – xorij seriallari kamaydi, nima özgardi?

Eski hammom eski tos – xorij seriallari kamaydi, nima özgardi?

Mahalliy telekanallarda milliy seriallarni köpaytiriş maqsadida 5 avgustdan xorij seriallariga sezilarli çeklov qöyilgan edi. Efirlarda çet el teleseriallari soni kamayganini tomoşabinlar payqadimi? Xorij seriallarining qisqartirilgani odamlar hayotiga taʼsir qildimi? Togri.uz ana şu savollar bilan özbekistonliklarga mikrofon tutdi.

5 avgustdan nodavlat telekanallarning deyarli barçasi xorij seriallari sonini bir kunda bittagaça qisqartirdi, lekin davlat kanallari hamon kuniga 3-4 tadan serial namoyiş etmoqda. Mahalliy telekanallarda namoyiş etilayotgan çet el teleseriallariga özbekistonliklarning munosabati qanday? Uşbu telemahsulotlarning qisqartirilganini tomoşabinlar payqadimi? Baʼzi bir davlat kanallarida xorij teleseriallari  soni hamon kamaygani yuq, şu töğrimi? Şu savollar bilan Togri.uz aholi örtasida kiçik sörovnoma ötkazdi.

Seriallar soni kamayganini köpçilik payqadi

Telekanallarda çet el seriallari soni qisqartirilganini sezdingizmi, degan savolga köpçilik respondentlar buni payqaganini va bu juda yaxşi iş bölganini aytdi.

“Bolalarim soat 18:00 dan keçki 23:00 gaça serial körib, televizor yonidan ketmasdi. Mana endi darsini qilyapti, özi uçun foydali bölgan işlarbilan band bölyapti”, deydi ulardan biri.

“Xorij seriallari kamaydi, heç narsa özgarmadi”

Sörovda qatnaşgan respondentlardan yana biri çet el seriallarining kamaygani uning oila aʼzolari hayotiga heç qanday taʼsir qilmaganini aytdi.

“Avvalari har kuni serial körib ötirişardi. Endi kanallardan olib taşlangani uçun könikişdi, heç narsa özgargani yöq", deydi u.

“Çet el seriallarining hammasiga çeklov qöyiş notöğri”

Baʼzi ayol tomoşabinlar xorij seriallarining barçasiga çeklov qöyiş notöğri degan fikrda.

“Seriallar orasida oilaviy körsa böladiganlari ham bor, oilasiz tomoşa qiladiganlari ham. Ularni televideniyega çiqaradiganlar saralab, qaysi biri özbekçiligimizga töğri kelsa, öşanisini qöyişi kerak. Hammasini efirdan olib taşlaş notöğri”, deydi ular.

×