Afğonistonda 7 yoşli qiz 45 yoşli kişiga erga berildi

Afğonistonda 7 yoşli qiz 45 yoşli kişiga erga berildi

Afğonistonda ota 7 yoşli qizini 45 yoşli erkakka turmuşga berdi. Bu haqda “Tolo News” xabar berdi.

Naşrning yozişiça, töy marosimi Afğonistonning Hilmand viloyatida bölib ötgan. Bölajak kuyovning allaqaçon ikki xotini borligiga qaramay, bolaning otasi kelişuvga rozi bölgan. Bu voqea hatto “Tolibon” orasida şov-şuvga sabab bölgan, ular aralaşib, nikohni töxtatgan.

Töy 4 iyulga belgilangan edi. “Tolibon” qizning otasini ham, unga uylanmoqçi bölgan erkakni ham hibsga olgan. Heç kimga nisbatan heç qanday ayblov qöyilmagan, biroq mahalliy manbalarga köra, erkakka qiz töqqiz yoşga tölgunga qadar unga uylanişi taqiqlangan.

Hilmandning ayrim aholisi va şifokorlar yoş turmuş qurişdan xavotir bildirib, bunday amaliyotlar, ayniqsa, qizlar uçun jiddiy psixologik, ijtimoiy va jismoniy oqibatlarga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Ularning taʼkidlaşiça, erta turmuş quriş nafaqat bolaning kelajagiga tahdid soladi, balki uning ruhiy salomatligi, tabiiy rivojlanişi va taʼlim oliş imkoniyatlariga ham salbiy taʼsir qiladi.

“Yoşlikda turmuş quriş psixologik va jismoniy qiyinçiliklarga olib kelişi va rivojlanmagan bolani tarbiyalaşiga olib kelişi mumkin, bu esa katta ijtimoiy muammoga aylanadi”, degan hilmandlik Qismatulloh Zvak.

Mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy ahvolning yomonlaşuvi fonida yoş bolalar nikohi köpaydi. BMT Ayollar taşkilotiga köra, 2021 yilda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelib, qizlarning öqişini taqiqlaganidan söng Afğonistonda erta turmuş quriş 25 foizga, voyaga yetmaganlar tuğişi 45 foizga oşgan.

Bu birinçi bunday holat emas. 2021 yilda otasi uni 55 yoşli erkakka oziq-ovqat, qöy-qözi va oilani boqiş uçun yer evaziga sotib yuborganidan söng, töqqiz yoşli Parvona Malik xayriya taşkiloti tomonidan qutqarilgan edi.


Teglar:
×