Bengaliyalik Abdulquddus Munsiy 82 yoşida 100 yoşli onasi bilan qayta topişişga muvaffaq böldi. Ona va bola 72 yillik ayriliqdan keyin yana birga böliş baxtiga muyassar bölişdi.
Daily Mail naşrining xabar berişiça, Munsiyni 10 yoşida muayyan muddatga amakisinikiga yaşab turişga jönatişgan. Biroq Munsiyning amakisi tez orada jiyani bilan aloqani yöqotgan. Şundan keyin u yangi oilada tarbiyalana boşlagan va onasi bilan barça aloqa uzilgan.
72 yil ötib erkak onasini izlaşda yordam sörab mahalliy tadbirkorga murojaat qilgan. Tadbirkor Munsiy onasini izlayotgani haqidagi videoni ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirgan. Videoni Munsiyning uzoq qarindoşi körib, u bilan boğlangan va onasi hamon hayotligini, qişloqqa qanday kelişi mumkinligini aytgan.
Şundan keyin Quddus onasi bilan körişiş uçun 350 km yöl bosib ötgan va oxir-oqibat uning orzusi uşalgan. U onasini qölidagi çandiğidan tanigan.
“Onam ança keksa yoşda va şu sababli yaxşi gapira olmaydi. U meni qölimdan uşlab, tinmay yiğladi. Men esa unga öğli endi yonida ekanini va xavotirlanişiga boşqa sabab yöqligini aytdim”, deb sözlagan qariya.









