Örtayer dengizi suvi ğayritabiiy tarzda isib ketdi

Örtayer dengizi suvi ğayritabiiy tarzda isib ketdi

Örtayer dengizida suv harorati anomal darajagaça kötarildi. 2025 yil iyun oyida uning ayrim hududlarida suv harorati mavsumiy meʼyordan 5 darajadan ortiq oşgan. Bu haqda Yerni sunʼiy yöldoşlar orqali kuzatuvçi Copernicus xizmati maʼlumotiga tayanib, “Der Spiegel” xabar berdi.

Naşrga köra, joriy yilning 1 iyul kuni maksimal harorat 29,85 darajagaça yetgan. Ayniqsa, dengiz Balear orollari, Ispaniyaning Örtayer dengizi qirğoği va Frantsiyaning janubiy sohilida kuçliroq isigan. Bu hududlarda suv harorati deyarli “uydagi vannadek” darajaga yetgan. Bunday körsatkiçlar odatda yozning eng issiq pallalarida kuzatiladi.

Olimlar rekord darajadagi issiq suv tölqinlari yaqinda – 2022 va 2023 yillarda ham kuzatilgani, endi esa bu ekstremal issiqlik bosqiçlari ğayrioddiy darajada uzoq davom etayotganidan xavotirda.

Bunday holat butun mintaqaga salbiy taʼsir körsatişi mumkin. Bildirilişiça, anomal issiq suv dengiz ekotizimi uçun stress manbai: baʼzi turlar moslaşmoqda, boşqalari esa yöqoliş xavfi ostida, marjonlar, dengiz ötlari va mollyuskalar ommaviy halokatga uçraşi mumkin. Baliqçilik ham zarar körmoqda, çunki baliqlar boşqa hududlarga köçmoqda yoki populyatsiyalar kamaymoqda.

“Dengizdagi issiqlik quruqlikdagi jazirama bilan ham bevosita boğliq”, deyiladi xabarda.

Mutaxassislar tabiatda barça hodisalar özaro boğliqligini eslatib, iliqroq suv “köproq jamlangan energiya” ekanini aytmoqda. Bu esa buğlanişdan keyin havo namligining oşişiga, töfonlar, suv toşqinlari va kuçli böronlarga olib kelişi mumkin.

Bunday hodisalar bugungi kunda dunyo böylab boşqa dengizlarda ham kuzatilmoqda, okeanlar endi ortiqça issiqlikni özlaştira olmayapti. Olimlarning xulosasiga köra, Yerning energetik muvozanati buzilgan.


×