Pekin-Toşkent-Pekin va Urumçi-Toşkent-Urumçi yönalişlarida muntazam aviaqatnovlar yölga qöyiladi.
Xitoyning Air China aviakompaniyasi Özbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oşiriş uçun ruxsat oldi.
«Özaviatsiya» agentligi tomonidan Özbekiston va Xitoy örtasida havo qatnovi töğrisidagi hukumatlararo bitimga asosan, Air China aviakompaniyasiga Pekin-Toşkent-Pekin va Urumçi-Toşkent-Urumçi yönalişlarida muntazam aviaqatnovlarni amalga oşiriş uçun ruxsatnoma rasmiylaştirildi.
Parvozlar Boeing-737-800/8 (MAX) va Airbus-330-300/200 havo kemalarida amalga oşiriladi.
Air China — Xitoyning eng yirik davlat aviakompaniyalaridan biri bölib, 1988 yilda taşkil etilgan. Kompaniya dunyoning 200 ga yaqin şahriga reyslarni amalga oşiradi. Uning havo kemalari parkida 500 dan ortiq samolyot bor.









