Rosaviatsiya vakilining taʼkidlaşiça, bu aviaqatnovlar tiklanganini anglatmaydi.
Rossiya aviakompaniyalari Özbekistonga muntazam parvozlarni amalga oşirişga ruxsat oldi. Bu haqda Rosaviatsiyaning tegişli buyruği eʼlon qilindi.
Röyxatdan qatnovlar hozirça tiklanmagan mamlakatlar ham örin olgan.
Maʼlum qilinişiça, aviakompaniyalar oçiq mamlakatlar: Belarus, Buyuk Britaniya, Misr, Qozoğiston, Qirğiziston, Maldiv orollari, BAA, Turkiya va Tanzaniyaga parvozlar uçun ruxsat oldi. Parvozga ruxsat berilgan yopiq mamlakatlar esa Armaniston, Germaniya, Gretsiya, Isroil, Ispaniya, Italiya, Kipr, Xitoy, Malta, Niderlandiya, Ozarboyjon, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston, Çexiya, Özbekiston.
Rosaviatsiya vakilining taʼkidlaşiça, uşbu hujjat aviaqatnovlar tiklanganini anglatmaydi.
"Ruxsat – bu aviakompaniyaning parvozlarni tiklaşda foydalana olişi mumkin bölgan huquqi", — dedi u.
Rossiya mart oxirlarida boşqa mamlakatlar bilan muntazam va çarter aviaqatnovlarni töxtatgandi. Keyinroq çeklovlar bosqiçma-bosqiç olina boşlandi.
Avvalroq, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Istanbul, Bişkek va Dubayga parvozlar sonini oşirayotgani xabar qilingandi.









