Har soatda taxminan 100 kişi yolğizlik bilan boğliq sabablardan vafot etadi. Bu yiliga 871 mingdan ortiq ölim demak. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga (JSST) tayanib, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti xabar berdi.
“Bugungi kunda çeksiz muloqot imkoniyatlariga qaramay, tobora köproq insonlar ijtimoiy ajralganlik va yolğizlikka duç kelmoqda. Yolğizlik inson, oila va jamiyat uçun halokatlidir. Agar biz bu holatga qarşi harakat qilmasak, bu soğliqni saqlaş, taʼlim va bandlik sohalaridagi xarajatlarning ortişiga olib kelib, jamiyatga milliardlab zarar yetkazişda davom etadi”, deydi JSST Boş direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.
Yolğizlik har qanday yoşdagi insonlarga taʼsir qilişi mumkin, biroq ayniqsa yoşlar va past yoki örtaça daromadga ega mamlakatlar aholisi orasida keng tarqalgan.
13 yoşdan 29 yoşgaça bölganlarning 17-21 foizi doimiy yolğizlikni his qilayotganini tan oladi, bu ayniqsa ösmirlar orasida yuqori körsatkiçdir. Past daromadli davlatlarda respondentlarning 24 foizi özlarini yolğiz deb hisoblaydi, bu yuqori daromadli mamlakatlardagidan (11 foiz atrofida) ikki baravar köp.
Yolğizlik va ijtimoiy ajralganlikning sabablari turliça bölib, ular soğliq muammolari, daromad va taʼlim darajasining pastligi, yakka yaşaş, ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanmagani va davlat siyosatidagi kamçiliklar, şuningdek raqamli muhit bilan boğliq bölişi mumkin. Hisobot mualliflari raqamli qurilmalardan uzoq muddatli foydalaniş va onlayn muloqotning salbiy şakllari yoşlarga ruhiy salomatlik nuqtai nazaridan zarar yetkazişini alohida taʼkidlaydi.
Ijtimoiy aloqalar butun umrlik salomatlik uçun foydali: ular yalliğlaniş reaktsiyalarini kamaytiradi, oğir kasalliklar xavfini pasaytiradi, ruhiy salomatlikni qöllab-quvvatlaydi va erta ölim ehtimolini pasaytiradi.
Boşqa tomondan yolğizlik va ijtimoiy ajralganlik insult, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, kognitiv buzilişlar va erta ölim xavfini oşiradi. Yolğiz insonlar depressiyaga ikki baravar köproq duçor böladi. Bu holat xavotirli buzilişlarga, öziga zarar yetkazişga yoki öz joniga qasd qiliş holatlarining köpayişiga olib keladi.
Bundan taşqari, yolğizlik taʼlim va bandlikka ham salbiy taʼsir körsatadi. Yolğizlikdan aziyat çekayotgan ösmirlarning öqişida muvaffaqiyatsizlik 22 foizga yuqori. Kattalar esa iş topiş va uni saqlab qolişda qiyinçiliklarga duç keladi, ularning daromadi esa vaqt ötişi bilan kamayadi.
Jamiyat darajasida esa yolğizlik ijtimoiy birlikni zaiflaştiradi, mehnat unumdorligining pasayişi va soğliqni saqlaş xarajatlarining oşişi orqali milliardlab iqtisodiy yöqotişlarga olib keladi. Ijtimoiy aloqalari mustahkam bölgan jamiyatlar odatda xavfsizlik, soğliq va tabiiy ofatlarga bardoşlilik böyiça yuqori natijalarga erişadi.
JSST barça davlatlar, hamjamiyatlar va fuqarolarni ijtimoiy aloqalarni mustahkamlaşni jamoat salomatligining eng muhim vazifasi sifatida tan olişga çaqirdi.









